Samsung flagman chipli hamyonbop kamerofonining ulkan akkumulyatori bilan maqtandi

Ishlab chiqaruvchi bu qurilmaning tezkor quvvatlanish imkoniyatini hozircha tasdiqlagani yo‘q.

Galaxy S21 hamda iPhone 12 benchmarkda o‘zaro «jang» qildi (video)

Speed Test G nomli YouTube-kanal muallifi esa Apple va Samsung kompaniyalarining so‘nggi flagmanlarini bevosita benchmarkda, bir vaqtning o‘zida sinab ko‘rdi va videosini e’lon qildi.

Egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil yanvar)

Qudratli flagmanlar o‘ntaligiga umuman kirmagan ushbu Xitoy smartfoni mazkur reytingda Samsung va Huawei kabi yetakchi smartfonsozlarning eng zo‘r flagmanlarini ham ortda qoldirib, g‘olib bo‘lgan!

Samsung yana to‘rtta bestseller smartfoniga Android 11 asosidagi One UI 3.0 proshivkasini tarqatyapti

Ularda operatsion tizim yangilanib, grafik qobiqning yangi imkoniyatlari qo‘shilishi bilan birga, yanvar oyidagi Android xavfsizlik patchlari ham keladi.

Android 11, flagman chipset va 7000 mAs batareyali, lekin atigi 340 dollarlik kamerofon namoyishi rasman e’lon qilindi!

Bunlardan tashqari, u diagonaliga 6,7 dyuymlik, old kamera uchun tirqishli AMOLED-displeyi bilan ham maqtana oladi. Kvadrokamerasida asosiy datchik 64 megapiksellik aniqlikda.

Galaxy M12 taqdim etildi: akkumulyatori ikkita iPhone 12 Pro’nikiga teng!

Gadjetning bosh kamerasi to‘rttalik:48 MPlik asosiy modul, 5 MPlik o‘ta keng burchakli (123 darajali) sensor, shuningdek portretlar va makros’yomka uchun har biri 2 MPlik ikkita datchik.

Samsung atigi 340 dollarga Android 11, flagman protsessor va 7000 mAs batareyali kamerofon chiqaryapti

Kompaniya mazkur smartfoniga o‘zining Exynos 9825 chipsetini o‘rnatyapti. Bu – Galaxy Note 10 hamda Galaxy Note 10+ flagmanlarida qo‘llangan protsessordir.

Galaxy M02 namoyish qilindi: to‘laqonli Android 10 va 5000 mAc batareyali smartfon – atigi 93 dollar!

Samsung uni 4 yadroli MediaTek MT6739W protsessori bazasida tayyorlagan bo‘lib, 2/32 va 3/32 GBlik variantlarda taklif etadi. Unga naq bir terabaytgacha hajmdagi microSD xotira kartasini qo‘yish mumkin.

Samsung o‘zining Galaxy Z Flip buklamafonini Trade-in dasturi doirasida atigi 200 dollardan sotyapti!

Trade-in dasturi doirasida Galaxy Z Flip uchun bundan kamroq chegirmalar ham bor; ular uchun boshqa rusumlardagi ayrim Samsung, Apple yoki Google smartfonlarini topshirish zarur bo‘ladi.

Samsung saytiga birdaniga beshta yangi – arzon va hamyonbop smartfonlar chiqdi!

Bular – eng arzon Galaxy M, kamerasi kuchli Galaxy F hamda eng bestseller bo‘lishi kutilayotgan Galaxy A turkumlariga mansub smartfonlardir.

5000 mAs batareyali eng arzon Samsung smartfoni 2 fevralda chiqyapti

Galaxy M02 modelini 6,5 dyuymlik Infinity-V turidagi displey bilan jihozlashgan. Amazon India saytida allaqachon uning asosiy xususiyatlari, narxi va savdosining boshlanish sanasi ko‘rsatilgan.

Eng kutilayotgan Samsung smartfonini ilk rasmiy suratda har tomonidan ko‘ramiz!

Uni taqdim etgan insayder Evan Bless (Evan Blass) ta’kidlashicha, bu – kompaniyaning o‘zi reklama maqsadlarida tayyorlagan rasmiy renderdir.

Nihoyat, jahon smartfon bozorida Samsung’ni quvib o‘tishdi!

Lekin bitta chorak emas, balki butun 2020 yilda sotilgan smartfonlar soniga qarasak, Samsung yetakchilikni qo‘ldan bermaganini ko‘ramiz. Realme esa eng tez o‘sib kelayotgan brend sifatida e’tirof etilmoqda.

Galaxy A02 chiqdi – atigi 100 dollarga qo‘sh kamerali «avtonomlik monstri»!

Smartfon 6,5 dyuymlik, TFT matritsali ekranga ega, uning tasvir uzatishi HD+ formatida (1560 x 720 piksellik). Displeyning «V» shaklidagi kemtigida 5 megapiksellik old kamera datchigi joylashgan.

«Qurilmalarni qiynovchi» videobloger sinab ko‘rdi: Galaxy S21 Ultra qanchalik mustahkam?

Samsung’ning eng zo‘r flagmani, nihoyat, Zak Nelsonning qo‘liga tushdi. Texnobloger uning mustahkamligini o‘z usullari bilan sinab ko‘rib, videosini JerryRigEverything nomli YouTube-kanalida e’lon qildi.

Dunyoning eng qimmat brendlari: Global 500 reytingida lider almashdi!

Yetakchilarning barchasi axborot texnologiyalari va internet sohalariga oid. Eng tez o‘sib kelayotgan brend sifatida Tesla e’tirof etilgan – uning qiymati naq 158 foizga oshib, 32 milliard dollarga yetgan!

Samsung to‘rt yillik smartfonlarining ham proshivkasini yangilamoqda

Kompaniya ushbu qurilmalariga Android 10 talqinini tarqatmagan, 2020 yilning may oyida esa ularni har oylik yangilanishlardan ham mahrum etgan edi. Ammo ular har chorakda tegishli apdeytlarni olib kelyapti.

Potensial bestsellerlar – Galaxy A52 hamda Galaxy A72 narxlari chiqdi

Germaniyadagi riteyler – Idealo onlayn do‘koni esa ushbu smartfonlarning narxlarini e’lon qildi. Katalogdagi qaydlarga ko‘ra, Samsung ularni ikki xil xotira konfiguratsiyalarida taklif etadi.

Eng tez va eng sekin arzonlashuvchi smartfonlar: qaysilarining narxi ikki karra tez pasayadi?

BankMyCell resursi smartfonlarning xarid qilinganidan keyingi arzonlashuvi bo‘yicha an’anaviy yillik hisobotini e’lon qildi.

108 MPlik Galaxy S21 Ultra hamda 12 MPlik iPhone 12 Pro Max kamera jangi (video)

Video ancha uzun chiqqan va unda har ikkala telefonning kamera imkoniyatlari batafsil taqqoslangan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш