Vphone firmasi Android’da ishlaydigan eng kichkina smartfonni chiqaradi

Vphone firmasi Android’da ishlaydigan eng kichkina smartfonni chiqaradi

Xitoyning Vphone kompaniyasi Android bazasida ishlaydigan eng kichik smartfonni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Smartfonga Vphone S8 nomi beriladi. Bu borada kompaniyaga tayanib 4PDA nashri xabar tarqatdi.

5P3RtHASD3B7snRlIBIfpoz0i1A5OLM

Xabarda yozilishicha, qurilma ekranining diagonali bor-yo‘g‘i 1,54 dyuymni tashkil qiladi va 2,5D shisha bilan qoplanadi. Gadjetning o‘lchami  – 46,7 x 37,3 x 9,9 mm, og‘irligi 30 gramm bo‘lishi tasdiqlangan. Eng qizig‘i, firma muhandislari mitti smartfonga 3,5 millimetrli audio slotni qo‘shishni maqsad qilishgan.

7aaf1e1eb643ae1ea14bf1b6b6674ab6

Vphone S8 modeliga, odatda, arzon smart-soatlarda ishlatiladigan MediaTek MT2502 protsessori o‘rnatiladi. Gadjet GSM 850/900/1800/1900 MGs tarmoqlarida ishlay oladi, unga bitta SIM-karta sloti va sig‘imi 380 mA/st bo‘lgan batareya joylanadi. Bundan tashqari, kommunikatorda Bluetooth 4.0 interfeysi, FM-radio va 8 GB doimiy xotira ko‘zda tutilishi ma’lum qilingan. Shu bilan birga mitti gadjet pulsometr va pedometr (qadam o‘lchagich) funksiyalariga ega bo‘ladi.

Gadjet ikki xil rangda (qora va kumushrang) tayyorlanadi, narxi hozircha noma’lum.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!