14 oktyabr – fotoplyonka ixtiro etilgan sana

14 oktyabr – fotoplyonka ixtiro etilgan sana

1884 yilning 14 oktyabrida Jorj Istman dunyodagi ilk fotoplyonkani patentladi. Ixtirochi o‘sha paytda fotografiya uchun quruq plastinalar ishlab chiqaradigan Eastman Dry Plate Company kompaniyasiga ham egalik qilardi. Mazkur kashfiyot fotokadrlar yaratish jarayonini qulaylashtirib, sarflanadigan xarajatlar miqdorini sezilardi darajada kamaytirdi. Bundan tashqari, fotoplyonka o‘sha paytda ishlatiladigan metall plastinalardan ancha yengil bo‘lib, fotograflarning ishini bir muncha yengillashtirishga ham xizmat qildi.

Fotografiya tarixidagi ilk plyonkalar plastinalar shaklida tayyorlangan. Kichik o‘lchamdagi katushkali plyonkalar ixtirodan bir yarim yil o‘tibgina paydo bo‘ldi. Fotoplyonkalarni 1888 yildan e’tiboran yalpi ishlab chiqarish boshlandi. Istmanning 100 kadrga mo‘ljallangan fotoplyonkasi 25 dollar narxida sotuvga chiqarilgan. Garchi bu narx o‘sha payt uchun juda yirik qiymatga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, yakuniy sarf-xarajatlar quruq plyonkalarga qaraganda bir necha barobar arzonga tushgan.

Jorj Istmanning mazkur kashfiyoti fotografiya sohasini yangi pog‘onaga olib chiqdi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!