Amerikada qaysi iPhone modeli ommalashgani ma’lum bo‘ldi

Amerikada qaysi iPhone modeli ommalashgani ma’lum bo‘ldi

comScore tahlil va tadqiqotlar markazi o‘tkazgan izlanishlarga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlarida iPhone mobil aloqa vositasidan foydalanuvchilar soni o‘zining tarixiy eng yuqori cho‘qqisiga yetgan.

2016 yilning so‘nggi oyidagi ma’lumotlar asosida tayyolangan hisobotda ko‘rsatilishicha, AQShda Apple smartfonidan foydalanuvchilar soni ayni paytda 85,8 mln nafarga yetgan. Bunda 13 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar hisobga olingan.

Kompaniyaning so‘nggi — iPhone 7 hamda iPhone 7 Plus flagman modellari jami ayfonlarning 15%ini tashkil qiladi.

Tahlilchilarning ma’lum qilishlaricha, iPhone 6 hamda iPhone 6s va uning Plus talqini amerikaliklar orasida eng ommalashgan ayfon hisoblanar ekan. Ayfon ixlosmandlarining deyarli teng yarmi shu modeldagi smartfonlardan foydalanishadi. Har besh nafar ayfon foydalanuvchisidan bittasi (18%) hozircha iPhone 5s, iPhone 5c yoki iPhone 5 modelini ishlatadi.

Kantar Worldpanel hamda IHS Markit ekspertlarining xulosa berishlaricha, iPhone AQSh hamda jahon miqyosida ommalashgan eng taniqli telefon brendi. comScore markazining tadqiqot natijalari AQShdagi jami telefon brendlari orasida iOS tizimining ulushi 43%ni, Android esa 54%ni tashkil qiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!