Android o‘rnini bosuvchi Googledan yangi tizim — Fuchsia OS
Google kompaniyasi yaqin kelajakda smartfon va planshetlarga o‘rnatiladigan yangi operatsion tizim haqida ma’lumot berdi.
Bir necha oy avval kompaniya yangi mobil operatsion tizim ustida ishlayotganligi haqida xabar bergan edi. Xabarda tizimning nomi — Fuchsia OS va Android farq qiluvchi, Linux asosidagi yadro haqida aytilgan edi. Endi esa yangi tizim haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi, unga ko‘ra, yadrodan tashqari o‘zgacha grafik ko‘ra ko‘rinishga ega. Ilk versiya Armadillo nomi bilan chiqariladi.
Rolikda tizimning ko‘rinishi va ishlashi haqida ma’lumot beriladi.
Operatsion tizimning qiziqarli tomoni, ko‘p oynali, ya’ni bir paytni o‘zida bir necha ilova bilan ishlash imkoniyati bor. Ma’lumotlarga ko‘ra, Android Nougat qo‘llanilgan ekranni 2 taga emas, balki istalgancha ish hududiga bo‘lish mumkin. Bundan bilinib turibdiki, Fuchsia OS ni asosan planshet va noutbuklarga o‘rnatish mo‘ljallangan.
Yuqorida keltirilganlarning barchasi Fuchsia OS haqidagi boshlang‘ich ma’lumot, faqatgina umumiy tushuncha hosil qilish uchun. O‘ylaymizki, Google yaqin kunlarda qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim qiladi. Nima bo‘lganda ham yangi operatsion tizimni to‘liq ishlaganidan so‘ng, ommaga taqdim qilish uchun bir qancha vaqt zarur bo‘ladi.
Manba: Sof.uz