Beeline to‘rt nominatsiya bo‘yicha ADBRAND va ADFEST covrinlarini qo‘lga kiritdi

Beeline to‘rt nominatsiya bo‘yicha ADBRAND va ADFEST covrinlarini qo‘lga kiritdi

Yirik aloqa operatori Beeline ADBRAND 2016 respublika ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi xalqaro brend” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Marketing va reklama haftaligining tantanali yopilish marosimi doirasida kompaniya vakillariga ADWEEK 2016 laureati diplomi va mukofotli haykalcha taqdim etildi.

“Beeline uchun nafaqat ekspertlar komissiyasi, balki deyarli o‘n mingga yaqin faol internet-foydalanuvchilar ovoz berishgani biz uchun juda ham qadrli, – belgiladi Unitel MChJ bosh direktori Dmitriy Shukov. – Pepsi va KIA kabi global brendlar bilan bir qatorda raqobatlashish – biz uchun katta sharaf, va bizga bo‘lgan ishonch uchun mijozlarimizga chin dildan minnatdorchilik bildiramiz. Bu yili biz Beeline‘ning O‘zbekistondagi faoliyatining 10-yilligini nishonlaymiz, va bu yubiley sanasini nafaqat yirik aloqa operatori sifatida, balki respublika bozoridagi eng yaxshi brend sifatida ham kutib olishimizni juda ham ahamiyatli deb hisoblayman”.

“Eng yaxshi xalqaro brend” nominatsiyasidan tashqari, Beeline ADFEST 2016 loyihasida “Eng yaxshi mobil ilova”, “Eng yaxshi audio klip” va “Eng yaxshi veb-sayt dizayni” nominatsiyalarida ham sovrinlar bilan taqdirlandi.

Unitel‘ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov: “Bizning kompaniya va umuman VimpelCom Ltd kompaniyalar guruhi digital-transformatsiya davrini boshdan kechirmoqda, shu bois bu albatta yangilangan sayt va innovatsion mobil ilova kabi kompaniyaning raqamli dasturlariga bo‘lgan yuqori bahodir. Beeline mobil ilovasiga unga yaqin bo‘lgan raqibiga nisbatan bir necha marotaba ko‘p insonlar ovoz berishgani esa, biz to‘g‘ri yo‘lda ekanimizni yana bir bor tasdiqlaydi”.

Eslatib o‘tamiz, ADWEEK 2016 marketing va reklama haftaligi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, SIYMO reklama agentligi va ICTNews Conferences tomonidan tashkillashtirilgan.

Tafsilotlar www.adweek.uz saytida.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.