Face Swap Live mobil ilovasi real vaqt rejimida foto va videoda qiyofalarni almashtirib qo‘yadi

Face Swap Live mobil ilovasi real vaqt rejimida foto va videoda qiyofalarni almashtirib qo‘yadi

Qiyofalarni almashtirish yoki Face Swapping — internetda ommalashgan vaqtichog‘lik bo‘lib, hattoki Photoshop`dan bexabar bo‘lganlar ham bu ishni qila oladilar.

App Store`da esa real vaqt rejimida foto va videodagi qiyofalarni almashtirib ko‘rsatadigan yangi mobil ilova paydo bo‘ldi. Ilovani ishga tushirib, kamerani ikki nafar qahramonga yo‘naltirsangiz, dastur avtomat ravishda yuzlarni aniqlaydi va ular joyini almashtirib qo‘yadi.

Laan Labs startapi tomonidan yaratilgan dastur real vaqt rejimida ishlaydi. Olingan natijalarni Facebook, Twitter`da e’lon qilish yoki shunchaki saqlab qo‘yish uchun suratga tushirish yoki videoga qayd etish mumkin.

Face Swap Live mobil ilovasi App Store`da pullik dasturlar ro‘yxatidan joy olgan. Rossiyada uni 59 rublga sotib olish mumkin. Yangi ilova faqatgina iOS 8.0 operatsion dasturidan yuqori platformalarda ishlaydi.

Xabarlarda ilovaning Android  uchun mo‘ljallangan namunasi haqida ma’lumot keltirilmagan. Qiziqarli mobil ilova bo‘lgani sababli qisqa vaqt ichida “androidchi”lar uchun ham taqdim etib qolinsa ajab emas.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!