GM Uzbekistan shartnoma bo‘yicha elektron navbat xizmatini amalga kiritdi

GM Uzbekistan shartnoma bo‘yicha elektron navbat xizmatini amalga kiritdi

GM Uzbekistan kompaniyasiga qarashli gmuzbekistan.uz saytida yangi elektron xizmat paydo bo‘ldi.

Endi mijozlarda tuzilgan shartnoma bo‘yicha elektron navbatda turish imkoni mavjud. Buning uchun quyidagi sahifaga o‘tiladi hamda shartnomaning tartib raqami va pasportning seriya raqami (yuridik shaxslar uchun STIR) kiritiladi. Kiritish oynachasining ostidagi “Natija” (Rezultat) tugmasi bosilgach, tegishli ma’lumot oynada aks etadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!