Google’dan voz kechganlarga Microsoft haq to‘laydi!

  •   DiMaX
  •  1546
  •  03.06.2017 17:03

Google’dan voz kechganlarga Microsoft haq to‘laydi!

Microsoft kompaniyasi Bing qidiruv tizimidan foydalanganlik uchun rag‘batlantirish dasturini yo‘lga qo‘ydi. U shu yo‘l bilan foydalanuvchilarni Google’dan o‘ziga og‘dirib olishga qaror qilgan, deb yozadi The Independent.

Xabarda ta’kidlanishicha, ushbu dastur hozircha faqat Buyuk Britaniya aholisi uchun amal qiladi. Keyinchalik uni kengaytirish choralari ko‘riladi.

Bonuslar olish uchun, foydalanuvchi Bing tizimiga o‘zining Microsoft akkaunti bilan kirishi lozim. Har bir qidiruv so‘rovi uchun u sovg‘a ballari oladi; keyinchalik ularni kompaniya do‘konlarida, jumladan, Windows va Xbox marketlarida ham mahsulotlarga almashtirishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, mazkur dasturda bir nechta darajalar ko‘zda tutilgan: yangi a’zolar kuniga ko‘pi bilan 10 ochko to‘plashlari mumkin, tajribali foydalanuvchilar esa – 50 ochkogacha yig‘a oladilar.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!