Google: Deep Mind sun’iy intellektni odamga o‘xshab gapirtiradi

Google: Deep Mind sun’iy intellektni odamga o‘xshab gapirtiradi

Google kompaniyasining Deep Mind bo‘limi mutaxassislari WaveNet nomli sun’iy intellekt ustida ish olib borishmoqda. Sun’iy intellekt, asosan, interaktiv suhbatlarga mo‘ljallangan bo‘lib, inson nutqiga maksimum darajada yaqin tarzda gapirishi mumkin. To‘g‘ri, intellektda so‘z talaffuzlari hali maromiga yetkazilmagan, ammo uning joriy holati avvalgisidan 50%ga yaxshilangan. WaveNet hatto fortepianoda o‘rganilgan mumtoz asarlar yordamida mustaqil ravishda musiqiy asarlar yaratishi mumkin.

Inson nutqi kabi so‘zlashish maqsadida texnologiya neyron tarmoqlar va haqiqiy odamlar ovozlaridan foydalanadi. Eng qizig‘i, WaveNet har bir ibora uchun lingvistik va fonetik qoidalarni tanlashni biladi. U 1 soniyada 16 000 ta ovoz namunalarini sintezlash orqali raqamli tovushni odam nutqidek tabiiylashtirishga harakat qiladi.

BlogPost-Fig1-Anim-160908-r01

Biroq mazkur texnologiya Google servislariga hali beri tatbiq etilmaydi. Bunga sabab bunday audioni qayta ishlash uchun juda katta hisoblash quvvati talab etiladi. WaveNet talaffuzining namunalarini DeepMind blogida tinglab ko‘rishingiz mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!