Haftaning smartfonlarga oid qizg‘in fikr-mulohazalari

Haftaning smartfonlarga oid qizg‘in fikr-mulohazalari

2016 yilning 22-25 fevral kunlari Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Jahon mobil sanoati va kongressiga tobora oz fursat qolishi munosabati bilan, mobil qurilma ishlab chiqaruvchilarining navbatdagi mahsulotlari to‘g‘risidagi qiziqarli ma’lumotlar, turli mish-mishlar ham ko‘payib bormoqda. Boisi an’anaga muvofiq, aksariyat kompaniyalar ayni shu anjuman doirasidagi ko‘rgazmada navbatdagi qurilmalarini namoyish qilishga odatlanganlar. Biz quyida shu haftada yangi smartfonlar to‘g‘risida ommalashgan, ko‘p muhokama qilinayotgan yangiliklar bilan sizni tanishtiramiz.

Bu xabarlarning ishonchlilik darajasini quyidagicha baholadik. 

?= bo‘lish ehtimoli yuqori.

??= bo‘lishi mumkin.

???= bir nima deyish qiyin.

????= Ishonish qiyin, ammo umid qilsa bo‘ladi.

?????= Ishonish qiyin.

“iPhone 5se qurilmasi ham 6s kabi tezkor ishlaydi.”

Taniqli jurnalist, Apple mahsulotlarining tahlilchisi Mark Gurman joriy haftada kompaniyaning  4 dyuymli iPhone qurilmasi haqida tarqagan mish-mishlarga oydinlik kiritdi. U 5se  smartfonining iPhone 6 kabi 2014 yilning 9 sentyabrida e’lon qilingan A8 protsessoriga ega bo‘lishi bilan bog‘liq xabarlarni rad etib, yangi qurilma A9 protsessori bilan ta’minlanishini, uning 16 hamda 64GB qo‘shimcha xotiraga ega talqinlari ishlab chiqarilishini aytdi. 2015 yilning 9 sentyabrida namoyish etilgan iPhone 6S hamda 6S Plus mobil vositalari ushbu turdagi protsessorga ega ilk qurilmalardir.

Tahlilchining bu boradagi taxmin va fikrlari har doim to‘g‘ri chiqqani hisobga olinsa, uning bashoratiga ishonish mumkin. 28 yanvar kuni internet nashrlarida kompaniya bu apparatni martning ikkinchi yarmida namoyish etishni rejalashtirgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Ishonchlilik darajasi: ?

“HTC’ning One M10 telefoni negadir iPhone’nni eslatmoqda.”

2013 yilda tayvanlik ishlab chiqaruvchi – HTC tomonidan M7 smartfoni taqdim qilingan edi. Bu chindan ham ajoyib qurilma sifatida ko‘pchilikning e’tiborini torta oldi. Ammo, taassufki shundan so‘ng kompaniya bu darajada ommalashgan telefon apparatini taqdim etishga muvaffaq bo‘lmadi. 2015 yilda HTC tomonidan Jahon mobil sanoati va kongressida taqdim etilgan One M9 smartfoni ko‘pchilikka iPhone 6s’ni eslatib yuborgan, buning uchun kompaniyani ekspert va mutaxassislar g‘oyani o‘g‘irlaganlikda ayblashgan edi.

Joriy yilda HTC nufuzli anjumanda ishtirok eta olmasligi mumkin va yangi qurilmaning mart oyida namoyish etilishi kutilmoqda. Kompaniya uning One M9’ga o‘xshashini aytgan. Shu sabali HTC One M10 android qurilmasining ham Apple flagmanlariga o‘xshab ketishi haqidagi gap-so‘zlar hozirdanoq ommalashib ketdi.

Mobil aloqalar rivojlanishi bo‘yicha taniqli tahlilchi hisoblangan Evan Blass ham o‘z blogida bu taxminlarga zarracha shubha qilmasligini bayon qilgan.

Aftidan, HTC’ning 2016 yilgi qurilmalari dizayni uning ilhom manbai hisoblangan Apple’ning sa’y-harakatlariga bog‘liqqa o‘xshaydi. Yana kim biladi.

Ishonchlilik darajasi: ???

“surfacephone.com’ning Microsoft’ga tegishligi ekanligi tasdig‘ini topdi.”

Microsoft kompaniyasi Surface Phone smartfoniga oid yangiliklarni yoritishga ixtisoslashgan surfacephone.com saytini ro‘yxatdan o‘tkazganligi to‘g‘risida tarqatilgan xabarlar qisman o‘z tasdig‘ini topdi. Bu haqda Reddit ijtimoiy yangiliklar sayti o‘z foydalanuvchisining so‘zlariga tayanib ma’lum qilgan. Boshqa bir manbaada qayd etilishicha, bu domen kompaniya tomonidan 2007 yilda ro‘yxatdan o‘tkazib qo‘yilgan. Hozircha mazkur sayt bo‘m-bo‘sh va kompaniya saytining Surface texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limining manziliga ulab qo‘yilgan.

Kompaniya Surface Phone qurilmasini 2016 yilda taqdim qilmoqchi. Ushbu smartfonning Lumia brendi o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Bu domendan tashqari Microsoft 67,681 ta domenga egalik qiladi.

Ishonchlilik darajasi: ?

“Navbatdagi Samsung Galaxy’da tashqi xotira bo‘ladi.”

So‘nggi vaqtlarda kompaniya ba’zi bir gadjetlaridan microSD qo‘shimcha xotirani olib, ularni 64GB, olinmaydigan ichki xotiraga aylantirayotgan edi. Natijada Samsung’ning bu turdagi qurilmalariga bo‘lgan qiziqish bir oz pasayib ketdi.

Galaxy S7 va S7 edge qurilmalarida ham tashqi xotiraning bo‘lmasligi bilan bog‘liq mish-mishlar ko‘pchilik Galaxy ishqibozlarini xavotirga solayotgan edi. Ammo axborot texnologiyalari nashrlari ishonchli manbaalarning so‘nggi ma’lumotlariga tayanib yozishicha, 2016 yilning fevral oyida taqdim qilish rejalashtirilgan ushbu smartfonlarda ajraladigan qo‘shimcha xotira bo‘ladi.

Galaxy S7: batafsil tavsif.

Ishonchlilik darajasi: ?

“Amazon o‘zining Fire Phone smartfonini boshqa kimdir ishlab chiqarishini xohlayapti.”

Esingizda bo‘lsa, 2014 yilning 18 iyunida Amazon.com internet do‘koni tomonidan ishlab chiqilgan va rivojlantirilgan Fire Phone smartfoni taqdim qilingan edi. Ammo bu qurilmalar unchalik ham foydalanuvchilar qiziqishini uyg‘ota olmadi.

The Information internet nashrining yozishicha, Amazon telefon qurilmalari ishlab chiqaruvchi zavodlar bilan Amazon xizmatlari joriy qilingan, ko‘rinishi va funksiyalari kompaniyaning Fire seriyasidagi gadjetlarga o‘xshab ketadigan  smartfonlarning ishlab chiqarilishi yuzasidan hamkorlik qilmoqchi.

Amazon xizmatlariga bugun ehtiyoj yuqori ekanini inobatga olib, uning qurilmalari ham ommalashishini taxmin qilish mumkin.

Ishonchlilik darajasi: ???

 

“G5 batamom yangi qiyofaga ega bo‘ladi.”

LG’ni so‘nggi vaqtlarda ko‘p tanqid qilishyapti. Lekin, uning bayroqdor-flagman smartfonlarining dizayniga gap bo‘lishi mumkin emas. Ayniqsa, “G” seriyasida chiqqan smartfonlarning qiyofasi ajoyib. Bir qarasang, o‘chirib-yoqish tugmasi qurilma orqa qismiga ko‘chadi yoki qurilma bir oz bukri ko‘rinishga keladi. Nima bo‘lganda ham, kompaniya dizayn masalasida faol va tavakkal qilishdan qo‘rqmaydi. Shuningdek, navbatdagi G5’ga oid o‘zgarishlar haqidagi mish-mishlar ham behudaga emas.

Uning yangi talqinida ham ajraladigan akkumulyator bo‘ladi. Faqat qurilma orqa panelida bir oz o‘zgarish kutilmoqda. Shuning hisobiga qurilma G4 kabi ixcham ko‘rinishga ega bo‘ladi. Yangi qiyofadagi G5 smartfonini Barselonadagi xalqaro mobil qurilmalar kongressida ko‘ramiz.

G5 haqida batafsil tafsilot.

Ishonchlilik darajasi: ?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!