Hitachi linzasiz kamera ustida ish olib bormoqda

Hitachi linzasiz kamera ustida ish olib bormoqda

Yaponiyaning Hitachi firmasi ayni paytda an’anaviy kamera modullarining qalinligini kamaytirish maqsadida yangi form-faktordagi kamera ustida ish olib bormoqda. Mazkur kamerada optik tizim o‘rnini sensorga yopishtiriladigan maxsus qoplam egallaydi, deya xabar bermoqda hi-tech.mail.ru.

Mutaxassislarning aytishicha, bunday fotokamerada olingan rasmdagi fokusni foto tayyor bo‘lgandan keyin o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. Yangi Hitachi kamerasida sozlamalar to‘plami kutilganidek ko‘p bo‘lmaydi, biroq linzasiz kameraning yaratilishi kompaniya muhandislari tomonidan tasdiqlangan.

Bunday linzasiz kameralarni kelajakda turli maqsadlarda ishlatish imkoniyati tug‘iladi. Misol uchun, yupqa kamerani kiyimlarga joylash, smartfonlarning kamerasini yuqori aniqlikdagi sensorlar bilan ta’minlash va turli gadjetlarga kuchli kamera modulini o‘rnatim mumkin. Eng muhimi, bunda tasvirning sifati joriy kameralarniki bilan solishtirganda bir necha baravar kuchli bo‘ladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!