HP mijozlarini cheklanmagan va bepul Wi-Fi bilan ta’minlaydi

HP mijozlarini cheklanmagan va bepul Wi-Fi bilan ta’minlaydi

 

HP kompaniyasi 2014 yilda ilk marotaba ilgari surilgan, butun jahonga bepul Wi-Fi aloqa tarmog‘ini va’da qilayotgan iPass texnologiyasiga oid loyihani yangi shartlar asosida rivojlantirishini e’lon qildi.

Mazkur texnologiyaga asosan, agar sizda HP kompaniyasi ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan muayyan noutbuk, planshet yoki ultrabuklari bo‘lsa, siz yer yuzi bo‘ylab o‘rnatib chiqilgan millionlab iPass texnologiyasining to‘lqin tarqatuvchi routerlari orqali aloqa signallari bilan ta’minlanasiz.

Qancha muddatga cheklanmagan Wi-Fi’dan foydalanishingiz siz sotib olayotgan qurilmadan kelib chiqib belgilanadi.

Yagona shart shuki, sotib olingan qurilma 1 yil orasida ishga tushirilishi va iPass tarmog‘ida faqat bir marotaba ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi.

Bu loyihaning ayniqsa biznes vakillari uchun katta qulaylik yaratishi kutilmoqda.