Internetdagi shaxsiy ma’lumotlarni butunlay o‘chiradigan servis yaratildi

Internetdagi shaxsiy ma’lumotlarni butunlay o‘chiradigan servis yaratildi

Tan olish lozim, bugungi davrda internet insoniyat hayotining ajralmas qismiga aylangan. Biz har kuni internetdagi turli tarmoqlar, servislar va saytlardan faol foydalanib boramiz. Biroq internetdagi shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligi haqida gap borganda, har doim ham bu borada o‘zimizni xavfdan xoli deb hisoblay olmaymiz. Hatto tarmoqdagi shaxsiy ma’lumotlar ba’zi hollarda kuzatuvlar va boshqa ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Yuqoridagi holatlarni hisobga olgan holda, shvetsiyalik olimlar bir soat ichida o‘zingiz haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni internetdan butunlay o‘chirib yuborishga xizmat qiladigan maxsus servisni yaratdilar, deb yozmoqda 4PDA sayti. Qizig‘i shundaki, barcha shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirish uchun servisda Google akkaunt yordamida ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Shundan keyin servis internetda siz haqingizda mavjud bo‘lgan barcha tafsilotlarni aniqlaydi va ularni o‘chirib yuborishni taklif etadi. Jarayonga taxminan bir soat vaqt sarflanishi mumkin.

Ammo, shunday qilgan taqdirda ham shaxsiy ma’lumotlarni butunlay o‘chirishning imkoni mavjud emas. Chunki ular internetdan tozalansa-da, baribir biror xotira dampi yoki kompaniya serverlarida saqlanib qolaveradi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!