Jahon banklari Xiaomi'ga muhim sabab bilan katta miqdorda qarz berdi

Jahon banklari Xiaomi'ga muhim sabab bilan katta miqdorda qarz berdi

Xiaomi Xitoyning onlayn savdo platformasida ommalashgan eng peshqadam smartfon ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Biroq, brend virtual platformadagi muvaffaqiyat bilan cheklanib qolmoqchi emas.

Bahosi $45 mlrd dollarni tashkil qiluvchi Xiaomi kompaniyasi xalqaro smartfon bozoridagi savdo ko‘lamini kengaytirish maqsadida, Yevropa, Yaqin Sharq hamda Osiyo-Tinch okeani hududlarida joylashgan 18 ta bankdan, jumladan Deutsche Bank va Morgan Stanley, Bank of China (Hong Kong) kabi moliyaviy muassasalardan $1 mlrd dollar miqdorida qarz oldi.

Xiaomi kompaniyasi vitse-prezidentining ma’lum qilishicha, bu mablag‘ evaziga jahon miqyosida brendning mahsulotlarini sotishga mo‘ljallangan 2000 ta do‘kon quriladi. Ularning 1000 tasi Xitoy hududida quriladi. Shuningdek, Hindistonda ham 100 ta ixtisoslashgan do‘kon qurilishi rejalashtirilgan. 2016 yilning o‘zida Xiaomi bu bozorda 1 mlrd dollar foyda ko‘rgan.

Xitoyning yana bir nomi chiqqan LeEco brendi ham katta miqdorda qarz olib, ayni paytda moliyaviy inqiroz yoqasida turibdi. Ekspertlarning fikricha, smartfon bozorida o‘rni mustahkamlanib borayotgan Xiaomi'ning bu rejasi o‘zini oqlaydi.