JobFairOnline 2016 onlayn – vakansiyalar yarmarkasi orqali Beeline‘dan ish topish mumkin

JobFairOnline 2016 onlayn – vakansiyalar yarmarkasi orqali Beeline‘dan ish topish mumkin

Yirik aloqa operatori Beeline 2 maydan 6 mayga qadar www.jobfair.uz saytida bo‘lib o‘tadigan JobFairOnline 2016 beshinchi onlayn-vakansiyalar yarmarkasida ishtirok etishi haqida xabar beradi.

Vakansiyalar yarmarkasining Internet tarmog‘ida o‘tkazilishi, unda ko‘plab ish beruvchilar va ish qidiruvchilarga ishtirok etish imkoniyatini beradi, va bu shu turdagi tadbirning muhim afzalligiga aylanadi. Onlayn-yarmarka 70 kompaniya va 15 ming mutaxassislarni qamrab olgan IX maxsuslashtirilgan JobFair 2016 bo‘sh ish o‘rinlar yarmarkasi doirasida o‘tkazilmoqda.

Bo‘sh ish o‘rinlar yarmarkasining tashkilotchilari MyJob ish tarmog‘i va “Karera+” gazetasi. Bo‘sh ish o‘rinlari Yarmarkasining asosiy maqsadi malakali mutaxassislar va O‘zbekistonning yirik kompaniyalari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.