LG boshqaruvida rahbar o‘zgardi

  •   Saroy
  •  612
  •  02.07.2018 10:36

LG boshqaruvida rahbar o‘zgardi

LG Group kompaniyasining  rahbari o‘zgardi. Shu yilning 29 iyun kunidan boshlab Ku Kvan-mo kompaniyaning direktorlar kengashi a’zosi hamda ijrochi direktori hisoblanadi.

LG kompaniyasi oilaviy konglomerat bo‘lib, kompaniyada to‘rtinchi bor avlodlar almashinuvi yuz berdi.

Ku Bon-mu 73 yoshida og‘ir xastalikdan vafot etgan. Uning o‘g‘li Ku Kvan-mo  2006 yilda LG Electronics moliyaviy jamoasiga qo‘shilgan edi.  Ayni paytgacha Xolding aksiyalarining 6,24 foizi unga tegishli edi. Otasining aksiyalari (11,28 foiz) ham Ku Kvan-moga o‘tgach,  u kompaniyaning eng yirik aksiyadoriga aylandi. Uning ukasi ayni damda kompaniyaning 7,72 foiz aksiyasiga egalik qilib turibdi. 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!