LG G5 yilning eng oson ta’mirlanadigan smartfoni deb topildi

LG G5 yilning eng oson ta’mirlanadigan smartfoni deb topildi

Albatta, hech kim o‘ziga tegishli smartfonning nosoz bo‘lishini istamaydi. Biroq turli sabablar tufayli smartfonning buzilib qolilishidan hech bir inson kafolatlanmagan.  Smartfon tez tuzatilishi va oson ta’mirlanishi, ko‘p hollarda, uning kostruksiyasiga bog‘lik. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan aksar smartfonlar monolit konstruksiyaga ega, bu esa ularni ta’mirlashni, shubhasiz, qiyinlashtiradi. Ammo bozorda shunday smartfonlar ham borki, ularni ta’mirlash ehtiyot qismlarning alohida joylanganligi bois bir qadar oson va qulay hisoblanadi.

Turli form-faktordagi qurilmalarni bo‘laklarga ajratib, ularning ta’mirlanishga qay darajada yaroqli ekanligini tekshiradigan iFixit blogi LG G5 modelini yilning ta’mirlanishi eng oson bo‘lgan smartfoni deb e’lon qildi.  Mazkur model alohida ajraladigan korpus va yechiladigan batareyaga ega. Bundan tashqari, boshqa flagmanlardan farqli o‘laroq, LG G5 foydalanuvchilari uning batareyasini mustaqil almashtira oladilar.

iFixit ta’mirga yaroqlilik shkalasi bo‘yicha ushbu modelga 10 balldan 8 ball bergan.