“Malika”da YotaPhone 2 modelini 1,3 mln so‘mga xarid qilish mumkin

“Malika”da YotaPhone 2 modelini 1,3 mln so‘mga xarid qilish mumkin

Mobinfo.uz nashrida berilgan xabarga ko‘ra,  Rossiyada ishlab chiqilgan YotaPhone 2 modeli “Malika” savdo-rastalarida 1,3 millon so‘m narxida sotuvga chiqarilgan.  Model boshqa markadagi smartfonlardan ikkitalik displeyi bilan ajralib turadi. Agar old rangli ekran smartfonga xos asosiy vazifalarni bajarsa, e-Ink texnologiyasi bazasida yaratilgan orqa oq-qora ekranda analog soatlarni o‘rnatish yoki elektron kitoblarni o‘qish mumkin.

YotaPhone 2 modeliga 4,7 dyuymli ikkita ekran o‘rnatilgan: 960 x 540 pikselli e-Ink ekran smartfonning orqasida joylashgan, old tarafda esa Super AMOLED matritsasidagi Full HD ekran mavjud.

P60924-122232

Smartfon Android 4.4 KitKat versiyasida ishlaydi, ammo tez orada Android Lollipop versiyasiga yangilash rejalashtirilgan. YotaPhone 2 gadjeti 4 yadroli, takt chastotasi 2,2 GGs bo‘lgan Snapdragon 800 protsessorida ishlaydi. Unga 8 MPli asosiy va 2,1 MPli old kamera o‘rnatilgan. Shuningdek, Wi-Fi, LTE va NFC modullari ham ko‘zda tutilgan. Smartfon sig‘imi 2500 mA/st bo‘lgan batareyadan quvvatlanadi. Qalinligi 9 mm atrofida.

Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo markazida mazkur smartfonni 1,3 million so‘mga sotib olish mumkin.

Izoh:  «Malika» do‘konlaridan ushbu modelni yuqorida ko‘rsatilgan narx bilan sotib olishingizga  «Terabayt.Uz» sayti kafolat bermaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!