Metall korpusli Galaxy A6+ taqdimoti yaqin – u TENAA’da ro‘yxatdan o‘tkazildi

  •   DiMaX
  •  894
  •  30.04.2018 13:09

Metall korpusli Galaxy A6+ taqdimoti yaqin – u TENAA’da ro‘yxatdan o‘tkazildi

Samsung kompaniyasi o‘rta narxli Galaxy A6+ smartfonini tayyorlayotganidan xabaringiz bor. Boyagina shu qurilma Xitoyning TENAA regulyatorida sertifikatsiyadan o‘tdi.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Galaxy A6+’ni ilk videoda ko‘ring!

Bu gal TENAA ushbu gadjetning texnik jihatlari hali ma’lum qilinmagan, balki biroz vaqtdan keyin ular ham saytga joylanar. Ammo u yerda Galaxy A6+’ning suratlarini ko‘rishimiz mumkin.

Ushbu smartfonning korpusi metalldan ishlangan, ammo dizayni Galaxy J turkumiga ham o‘xshab ketadi. Shunday bo‘lsa-da, ekrani Samsung flagmanlariga xos tarzda Infinity Display turida. Uning ustida old kamera datchigi va LED-chaqnog‘i, shuningdek suhbatlashuv dinamigi ko‘zga tashlanadi.

Orqa tomonida esa qo‘shaloq kamera, barmoq izi skaneri, fotochaqnoq va kompaniya logotipi mavjud.

Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Galaxy A6+ modeli 6 dyuymli, Full HD+ formatli (2220×1080 pikselli) displeyga ega. Snapdragon 625 chipi va 4 gigabaytlik tezkor xotira bilan ishlovchi ushbu smartfon 32 va 64 gigabaytlik doimiy xotirali talqinlarda chiqariladi.

Samsung ushbu smartfonini qachon rasman namoyish etishi hozircha aniq emas, ammo kuzatuvchilar uning taqdimoti may oyidayoq bo‘lishini aytishmoqda. Janubiy koreyalik gigantning savdoga chiqarilgan ko‘plab modellardagi telefonlari esa O‘zbekistonda ham rasman savdoga chiqarilgan.

O‘QING: Arzonlashgan va O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladigan Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 26 aprel)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.