Moto Turbo 3 cmartfoniga Hasselblad kamerasi o‘rnatiladi

Moto Turbo 3 cmartfoniga Hasselblad kamerasi o‘rnatiladi

Hozirgi paytda smartfonlarga fotoqurilmalar sohasiga ixtisoslashgan firmalarning kameralarini o‘rnatish urfga aylanib bormoqda. Misol uchun Huawei kompaniyasi o‘z gadjetlariga Leica bilan hamkorlikda yaratilgan kamera sensorlarini joylasa, xitoylik ba’zi shovvozlar bu maqsadda Sony modullarini tanlashgan.

Yaqinda internet nashrlarida paydo bo‘lgan xabarga ko‘ra, Lenovo kamera sensorlari bo‘yicha Shvetsiyaning Hasselblad firmasi bilan hamkorlikni qayta boshlagan (avvalroq Hasselblad Moto Z seriyasi uchun 10-karrali optik zumga ega Hasselblad True Zoom modullarini yaratgan edi). 4PDA saytining ma’lum qilishicha, bu gal shvetsiyalik hamkor hali taqdim qilinmagan Moto Turbo 3 modeliga kamera ishlab chiqmoqda.

5P3RtTIZbFJWhaAVBK21NeaJ1grWvu

O‘tgan yilning kuzida namoyish etilgan Droid Turbo 2 smartfoni (ikkinchi nomi Moto X Force) kuchli ekran himoyasi bilan ta’minlangan edi. Navbatdagi smartfon esa ilg‘or kamerasi bilan barchani hayratga solmoqchi ko‘rinadi.

Renderlarga ko‘ra, Moto Turbo 3 o‘zgacha dizayn va 16 MPli Hasselblad kamerasi bilan jihozlanadi. Hozircha modelning boshqa texnik xususiyatlariga aniqlik kiritilmagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!