Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi ishga tushirildi

  •   DiMaX
  •  700
  •  27.04.2019 13:12

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi ishga tushirildi

Shu yilning 25 aprel kuni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi ishga tushirildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati xabar bergan.

O‘QING: Oliy o‘quvga hujjatlarni onlayn topshiramiz!

Ushbu tizim project.gov.uz manzilida joylashgan bo‘lib, uning vositasida davlat organlari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini idoralararo kelishilishini amalga oshirishlari mumkin.

Joriy yilning 25 aprel holatiga ko‘ra, 165 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari mazkur tizimda ishlashi uchun ulangan. Hozirgi paytda tizim yuklatilgan vazifalarni to‘liq bajarishga tayyor holatda, deyiladi xabarda.

Avvalroq, 2019 yilning 19 aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida vazirliklar, idoralar, joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari va mas’ul xodimlari uchun o‘quv-seminari tashkil etilgan edi.

Mazkur tizim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 8 apreldagi 284-son «Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

O‘QING: Portalda endi davlat byudjetining ijrosini ham kuzata olasiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!