OAV: Xitoylik ayol 20 ta iPhone 7’ni sotib, puliga uy sotib oldi

OAV: Xitoylik ayol 20 ta iPhone 7’ni sotib, puliga uy sotib oldi

Mahalliy OAV’larning xabar berishicha, Xitoyning Shenchjen shahrida yashovchi ayol yaqin aloqalarda bo‘lgan 20 nafar erkakdan oxirgi modeldagi ayfon sovg‘a qilishni so‘ragan. U ayfonlarni sotib, puliga uy sotib olmoqchi bo‘lgan.

Ayol sovg‘alarni qo‘lga kiritgach, barcha 20 ta telefonni Xitoy onlayn-do‘konida sotgan va 120 ming yuan ishlab olgan. U bu pulga shahar tashqarisidagi uy uchun birinchi to‘lovni amalga oshirgan.

Internetda ayolning bu ishi turlicha baholanmoqda: kimdir uning bu ishini axloqsizlik deb qoralamoqda va ayolning aldangan xushtorlariga achinmoqda, kimdir esa uning bu “zukkoligiga” tahsin aytmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!