Panasonic arzon P77 modelini sotuvga chiqardi

Panasonic arzon P77 modelini sotuvga chiqardi

Panasonic kompaniyasi $105 dollar turadigan 4G VoLTE standarti va ikkita SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydigan P seriyasidagi yangi smartfonni taqdim qildi.

P77 modeliga 5 dyuymli 1280×720 piksel sig‘imidagi IPS-ekran, 4 yadroli 1 GGs chastotali protsessor o‘rnatilgan. Model 1 GB tezkor va 8 GB doimiy xotiraga ega, 2000 mA/st sig‘imdagi batareyadan quvvatlanadi.

Panasonic P77 Android 5.1 Lollipop platformasida ishlaydi.

Qurilma 8 MPli avtofokus va svetodiodli asosiy va 2 MPli old kamera bilan ta’minlangan. Shuningdek, Wi-Fi 802.11 b/g/n, Bluetooth 4.0 va GPS modullari ham ko‘zda tutilgan.

Panasonic P77 ikki xil – oq va kulrang ranglarida sotuvga chiqarilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!