Panasonic mahsulotlar narxini avtomatik hisoblaydigan va qadoqlaydigan apparat yaratdi

Panasonic mahsulotlar narxini avtomatik hisoblaydigan va qadoqlaydigan apparat yaratdi

Yaponiyaning Panasonic kompaniyasi chakana savdoga mo‘ljallangan mahsulotlarni skanerlash orqali ularning narxini hisoblaydigan va qadoqlaydigan apparatni yaratdi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Nashrning yozishicha, ishlanma mahsulotlarni aniqlaydigan innovatsion quti va ularning umumiy narxini hisoblaydigan kassadan tashkil topgan. Xaridor savatni apparatdagi maxsus slotga joylagach, uning yonidagi terminalda to‘lovni amalga oshirishi mumkin. To‘lov qabul qilingach, savatdagi mahsulotlar slotga tushirilib, so‘ngra qadoqlangan holda chiqariladi.

Hozircha Panasonic ofisi joylashgan Osaka shahridagi supermarketlarning birida ushbu texnologiya sinovdan o‘tkazilmoqda. Firma ushbu apparatni 2017-2018 yillarda Yaponiyadagi boshqa supermarketlar tarmog‘iga ham joriy etmoqchi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.