Panasonic poliglot-megafon qurilmasini yaratdi

Panasonic poliglot-megafon qurilmasini yaratdi

Yaponiyaning Panasonic kompaniyasi muayyan tildagi so‘zlarni aniqlab bir vaqtning o‘zidan boshqa tilga tarjima qilish xususiyatiga ega bo‘lgan tarjimon-megafonni ishlab chiqdi, deya yozmoqda hi-tech.mail.ru.

Firmaning yangi qurilmasiga Megahonyaku nomi berilgan (yaponcha “megafon” va “tarjimon” so‘zlarining birlashuvidan yasalgan). Hozircha gadjet yaponcha aytilgan so‘zlarni ingliz, koreys va xitoy tillariga tarjima qila oladi. Ayni vaqtda qurilmada taxminan 300 ga yaqin iboralar mavjud. Ushbu miqdor foydalanuvchi tomonidan oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, megafonda ko‘zda tutilgan sensorli ekranga biror matnni kiritish imkoniyati mavjud, qurilma uni aniqlab, kerakli tilga tarjima qiladi va tayyor tarjimani karnay orqali yangratadi.

Megafon korporativ segmentga mo‘ljallangan. Narxi taxminan 190 dollar. Panasonic 2018 yilgacha 10 ming dona ushbu turdagi gadjetdan ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!