Realme 11 Pro va Realme 11 Pro+ smartfonlari keyingi oy taqdim qilinishi mumkin

Realme 11 Pro va Realme 11 Pro+ smartfonlari keyingi oy taqdim qilinishi mumkin

Xitoyning TENAA nazorat qiluvchi agentligi Realme 11 Pro seriyasidagi smartfonlarni ro'yxatdan o'tkazdi. Ma'lum bo'lishicha, smartfonlar ikkita: RMX3770 model raqamli Realme 11 Pro va RMX3740 model raqamli Realme 11 Pro+ bo'ladi va ular kapot ostida deyarli bir xil, lekin kamera borasida bir-biridan farq qiladi.

Realme 10 Pro smartfonlari davomchilariga berilgan TENAA sertifikatlariga ko'ra, ular sakkiz yadroli 2.6 gigagerts protsessorda ishlaydi. Abhishek Yadav ulashgan ma'lumotlarga qaraganda ikkala modellar ham Dimensity 1080 chipseti bilan jihozlanadi.

Realme 11 Pro

Shuningdek, TENAA dan olingan renderlarda biz Realme 11 Pro modelini orqa tomonida yumaloq kamera oroli bilan ko'rishimiz mumkin va u Huawei Mate 40 smartfonini eslatib yuboradi. Berilgan ma'lumotlarga ko'ra, Realme 11 Pro orqa tomonida 100 MP asosiy va 2 MP qo'shimcha kamera bilan chiqariladi. Pro+ model esa 2 va 8 MP qo'shimcha kameralar bilan 200 MP asosiy sensor bilan keladi.

Old tomondan esa Realme 11 Pro yon tomonlari egilgan 6.7 dyuymli displeyga ega va uning selfi kamerasi ekran yuqori markazida joylashgan va u Pro modelda 16 MP, Pro+ da esa 32 MP bo'ladi.

Ikkala smartfonlarda ham xotirani kengaytirish imkoni bo'lmaydi, lekin ular shundoq ham 1 TB gacha bo'lgan xotira bilan taklif qilinishi mish-mish qilinmoqda. Bunda operativ xotira esa 16 GB gacha bo'lishi mumkin. Quvvat borasida Realme 11 Pro modeli 4870 mA/soat, Realme 11 Pro+ esa 5000 mA/soat batareya bilan jihozlanishi aytilyapti.

Realme 11 Pro smartfonlari may oyida Xitoyda debyut qilishi kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!