Redizayn: barchamiz bilgan Paint yangi imijda (Video)

Redizayn: barchamiz bilgan Paint yangi imijda (Video)

Microsoft kompaniyasi mashhur rasm muharriri Paint ilovasining Windows 10 versiyasi ustida ish olib bormoqda. Yangi Paint butunlay o‘zgacha dizayn va kuchli media imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Bu haqda The Verge nashri xabar bergan.

“Paint Preview” ilovasiga bag‘ishlangan videoda ma’lum qilinishicha, servisning yangi versiyasida joriy dasturdagi barcha funksiyalardan tashqari “3D element” xususiyati ham paydo bo‘ladi. Ushbu yangilik Hololens uchun eng ideal qo‘shimcha bo‘lishi haqida yozilmoqda.

Foydalanuvchilar “Paint Preview” ilovasida osonlik bilan 3D rasmlar yaratishlari mumkin bo‘ladi. Microsoft  3D elementlarni yaratish uchun bir qator marker, chizish asboblari va cho‘tka variatsiyalarini ilovaga tatbiq etgan. Servisdagi barcha funksiyalardan ham barmoq, ham stilus yordamida ham foydalanish mumkin.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Microsoft tez orada yangi Surface modeli va boshqa qurilmalarni taqdim etishni rejalashtirgan. Barchaga yaxshi tanish bo‘lgan bunday ilovalardagi redizayn esa yangi mahsulotlarni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!