Samarqand iqtisod va servis Institutida Beeline Wi-Fi xizmati ishga tushirildi

Samarqand iqtisod va servis Institutida Beeline Wi-Fi xizmati ishga tushirildi

Beeline aloqa operatori Samarqand shahri, Amit Temur ko‘chasi, 9 manzili bo‘yicha joylashgan Samarqand iqtisod va servis Institutida Wi-Fi ishga tushirilgani haqida xabar beradi. Endilikda Beeline abonentlari tezkor Internetning barcha imkoniyatlaridan soatiga $0,50 evaziga foydalanishlari mumkin. Xizmatdan foydalanish chog‘ida trafik cheklanmaydi.

Beeline‘ning avvaldan to‘lov tizimi abonentlari Wi-Fi orqali Internetga ulana oladilar. Mablag‘ bevosita balansdan yechib olinadi. Wi-Fi‘dan foydalangan paytda balansdagi Megabaytlar sarflanmaydi. Tarmoq nomi – Beeline Wi-Fi.

Tafsilotlar Beeline saytida va Beeline Uzbekistan mobil ilovasida.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!