Samsung rahbari Galaxy Note 9'ni tanqid qildi

Samsung rahbari Galaxy Note 9'ni tanqid qildi

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 9 fabletini joriy yilning iyul oyi o‘rtalarida taqdim qilishni rejalashtirayotgan edi. Biroq taqdimot 2 haftaga kechiktiriladigan bo‘ldi. Buning sababi kompaniya uni yanada hashamdor dizaynda ishlab chiqarmoqchi. Bu to‘g‘rida Koreya Respublikasining The Bell nashri ishonchli manbaga asoslanib xabar tarqatmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu tashabbus Samsung yo‘lboshchisi Li Jeyon (Lee Jae-yong) dan chiqqan. Vitse-prezident bir nechta smartfon do‘konlarida bo‘lib, raqib kompaniyalarning mahsulotlarini o‘rganib chiqqan. U raqib kompaniyalarning smartfonlarini yupqa korpusga ega bo‘lganligini e’tirof qilgan.

Uning fikriga ko‘ra, Samsung gadjet ishlab chiqarishda uning korpus ergonomikasiga alohida e’tibor qaratishi zarur. Misol uchun, smartfon korpusi yupqa bo‘lsa, uning foydalanuvchi kaftida joylashuvi ham qulay bo‘ladi. Uning taklfini kompaniya top-menejerlari qo‘llab-quvvatlashgan. Shu sababli Samsung Galaxy Note 9 flagmani korpusi 0,5 mm hajmga qisqaradigan bo‘ldi. Bunga esa fabletga yangi avlod himoya shishasiini o‘rnatish orqali erishiladi. Bu shisha yupqa bo‘lish barobarida pishiq hamdir.

Samsung Galaxy Note 9 deyarli tub o‘zgarishlarga ega bo‘lmaydi. Yangi avlod fableti elektron pero bilan ta’minlanadi. 6,38 dyuymli displey evaziga uning gavdasi yirikroq bo‘ladi. Exynos 9810 yoki Snapdragon 845 protsessori, 6 gigabaytli tezkor hamda 128/256 Gb doimiy xotira, hatto 512 gigabaytli gigant doimiy xotira bilan u diqqatni tortadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!