Samsung'dagilar Galaxy A91'da 45 vattli quvvatlash texnologiyasi bo‘lishini tasdiqladi

Samsung'dagilar Galaxy A91'da 45 vattli quvvatlash texnologiyasi bo‘lishini tasdiqladi

Samsung'dagilar Galaxy A seriyasining yangi smartfonlari oilasi ustidagi ishlarni boshlab yuborgan. Bu yerda gap "s" variantlari haqida ketayotgani yo‘q, chunki "As" talqinidagi bir qator smartfon shu yilning o‘zidayoq taqdim qilib bo‘lindi (yana bir nechtasi taqdim qilinishi kutilmoqda). 2020-yilgi A seriya devayslari nomi "1" bilan tugaydi;bu oilaning eng kuchli qurilmasi, tabiiyki, Galaxy A91 bo‘ladi.

Ilgariroq, ushbu smartfon 108 megapikselli asosiy orqa kamera, unga qo‘shimcha 16MP li o‘ta keng ob’yektiv, 5x optik zumli 12MP li telefoto kamera hamda 3D ToF datchigiga ega bo‘lishi haqida ma’lumot olgandik. Endilikda esa, Samsung'ning o‘zi A91 haqida yangi ma’lumot taqdim qildi: qurilmada 45 vattli tezkor simli zaryadlash texnologiyasi mavjud bo‘ladi. Shunday qilib, u joriy funksiyaga ega Galaxy Note 10+ va Galaxy Note 10+ 5G'lar qatoriga qo‘shiladi.

Bu haqda Samsung Vengriya o‘zining veb-saytidagi listingida xabar berib o‘tgan. Saytda, shuningdek, anchadan buyon mish-mish bo‘lib kelinayotgan Galaxy A90 5G ham yaqin kelajakda paydo bo‘lishi aytib o‘tilgan. A90 5G Samsung'ning beshinchi avlod tarmoq texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi arzonroq smartfoni bo‘lishi kerak. Arzon emas, shunchaki 5G versiyali flagmanlarga qaraganda nisbatan arzonroq bo‘ladi.

O‘QING: Samsung vertikaliga buklanuvchi buklamafonni patentladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.