Seul AQSh va Yaponiya bilan yangi xabarlashuv tizimi yaratmoqchi

Seul AQSh va Yaponiya bilan yangi xabarlashuv tizimi yaratmoqchi

Janubiy Koreya hukumati Link 16 nomli yangi tizim ishlab chiqishni mo‘ljallayapti. Tizim AQSh, Yaponiya va Xitoy o‘rtasida matnli va tasvirli axborot almashinuv imkonini yaratadi. Nazorat punkti AQSh harbiy bazasida joylashadi.

Link 16 yaratilishi hozirda muhokama bosqichidadir. Seul hukumati yangi tizim yordamida, jumladan, NATO tarkibiga kiruvchi mamlakatlar bilan ham xabarlashuvni rejalashtiryapti. Tizim foydalanuvchilari haqiqiy vaqt mobaynida aloqaga kirishadi, videoaloqa mavjud bo‘ladi. Onlayn rejimda hukumatlar o‘rtasidagi muhim masalalar hal etiladi. Biror-bir xabarga egalik huquqi faqatgina barcha tomonlarning roziligi asosida beriladi. Yangi tizimga tahdid soluvchi kuch xakerlar hisoblanadi, ammo Janubiy Koreya hukumati bu muammo bilan shug‘ullanuvchi maxsus markaz tashkil etish rejasida.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!