Sony Xperia XZ3 g‘ilofda namoyish qilindi: kamera haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritildi

  •   Saroy
  •  1558
  •  18.08.2018 16:37

Sony Xperia XZ3 g‘ilofda namoyish qilindi: kamera haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritildi

Sony kompaniyasi Xperia XZ3 flagmani taqdimotiga hozirlik ko‘rmoqda. Uning ustun tomonlari haqda avval yozgandik, lekin kamayera bilan bog‘liq savol ochiq qolgandi. Xo‘sh yangi qurilmaning kamerasi ikkitalikmi yoki bittalik bo‘ladimi?

Gap shundaki, ushbu qurilmaning  kameralari haqida turli gaplar yozilmoqda. Birida qurilma bittalik kameraga ega bo‘ladi, deyilsa, ikkinchisida xuddi Xperia XZ2 Premium’ga o‘xshab ikkita kamera moduli bilan ta’minlanadi, deyiladi.  Mana endi Germaniyadagi  TVCMall savdo tarmog‘i flagmanning rasmini namoyish qildi. Rasmda ko‘rinib turibdiki, apparat baribir bittalik kameraga ega bo‘larkan.

G‘ilofning orqa tomonida faqat kamera va barmoq izlari skaneri uchun ajratilgan ikkita teshik bor.

Ehtimol, Xperia XZ3 ham o‘sha IMX586 mobil matritsasini olishi mumkin. U 45 megapikselga ega bo‘lib, Sony uni bir necha hafta avval tanishtirgan edi. Ehtimol ikki kameralisi ham bo‘lar, faqat u qimmat versiyasi bo‘lishi mumkin, ya’ni XZ3 Premium.

Eslatib o‘tamiz, yana bir g‘ilof ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lmish Olixar ham avval Sony Xperia XZ3’ni aynan ikkitalik kamerada namoyish etgandi.

Agar mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, Sony Xperia XZ3  Full HD+ (2160 na 1080 pikselli) ekraniga  ega bo‘ladi. Ekranning kattaligi 5,7 dyuym, chipi qimmat Snapdragon 845. Qurilma 6 gigabayt tezkor xotira va  64 yoki 128 gigabaytli flesh-xotira bilan ta’minlangan. Batareya sig‘imi 3240 mAch.

Yangi flagmanlar lineykasi 31 avgustdan 5 sentyabrgacha Berlin shahrida bo‘lib o‘tadigan IFA 2018 ko‘rgazmasi arafasida, ya’ni  30 avgustda taqdim etiladi.

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!