Toshkentdagi AQSh elchixonasi Deniyel Perl Jahon musiqa kunlari doirasida 30 sentyabr kuni konsert namoyish etadi

Toshkentdagi AQSh elchixonasi Deniyel Perl Jahon musiqa kunlari doirasida 30 sentyabr kuni konsert namoyish etadi

Toshkentdagi AQSh elchixonasi “Tash ‘N’ Roll” guruhi ishtirokida rok-konsert namoyish etgan holda XV Deniyel Perl Jahon musiqa kunlarida qatnashadi. Konsert 30 sentyabr soat 19:00 da Chilonzorda joylashgan avvalgi AQSh elchixonasi binosida bo‘lib o‘tadi. Elchixona Deniyel Perl jamg‘armasi homiyligidagi xalqaro konsertlar tarmog‘ining bir qismi sifatida  oltinchi marta bunday ko‘ngilochar tadbir o‘tkazmoqda. Jamg‘arma bag‘rikenglik va insoniylik tarafdori ekanini qayta tasdiqlash maqsadida musiqa kuchidan foydalanib kelmoqda.

“Insonparvarlik borasida uyg‘unlik” mavzusini qamrab olgan ushbu yillik tadbir 2002 yili Deniyel Perl Pokistonning Karachi shahrida terroristlar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, vahshiylarcha o‘ldirilishiga javob tariqasida tashkil etilgan. 2002 yildan buyon, Deniyel Perl Jahon musiqa kunlari doirasda 140 mamlakatda 13900 dan ortiq madaniy tadbir tashkil etilgan.

2015 yili Toshkentda tuzilgan “Tash ‘N’ Roll” o‘ziga xos amerikacha guruh bo‘lib, uning a’zolari Toshkent xalqaro maktabi, Toshkent xalqaro klinikasi va AQSh elchixonasi xodimlaridir. Rok-guruh repertuaridan 60-90-yillarga oid hamda zamonaviy kuy-qo‘shiqlar joy olgan.

Konsert keng jamoatchilik uchun ochiq, ammo avvaldan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Buning uchun ism-sharifingizni, pasportingiz seriyasi va raqamini [email protected] elektron pochtasiga yuborish lozim. Ro‘yxatga olish 2016 yil 28 sentyabr soat 18:00 gacha davom etadi. Ro‘yxatga olinganlik haqida elektron pochta orqali xabar qilinadi. Telefon orqali ro‘yxatga olinmaydi.

Konsertga tashrif buyuuruvchilar Chilonzor ko‘chasida (G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i orqasida) joylashgan avvalgi AQSh elchixonasi binosiga soat 18:00 dan kechikmay  xavfsizlik ko‘rigidan o‘tish uchun kelishlarini iltimos qilamiz. Jomadon, katta sumka va/yoki hajmi planshetdan katta bo‘lgan elektron vositalarni binoga olib kirish taqiqlanadi (uyali telefon bilan kirsa bo‘ladi).

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!