Toshkentning har bir tumanida texnoparklar quriladi

Toshkentning har bir tumanida texnoparklar quriladi

2020 yilga borib O‘zbekiston poytaxtining har bir tumanida kamida bitta texnopark qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Toshkent shahar ma’muriyati ma’lum qilgan.

Toshkent shahrida 3ta texnopark faoliyat ko‘rsatadi: poytaxtning Yakkasaroy, Sergeli va Yunusobod tumanlarida.

Bu tajriba o‘z natijasini ko‘rsatdi. Texnoparklarning shahar chizig‘ida joylashganini hisobga olganda, bu logistika uchun juda qulay. Shu bilan birga bu yerda idoralar ijarasi eng arzon, tadbirkorlarga kreditlarni qo‘lga kiritishga yordam ko‘rsatiladi, huquqiy maslahatlar beriladi, o‘zlarining shaxsiy bank bo‘limlari, notarial idoralari mavjud.

Texnoparklar hududida tekstil va yog‘ochni qayta ishlashdan tortib to avtomobilsozlik va kimyo sanoatigacha bo‘lgan turli xil ishlar amalga oshiriladi. Idoralarni arzon ijaraga olish tufayli innovatsion loyihalarga mablag‘ tikkan ishlab chiqaruvchilar muayyan pul vositalarini tejaydi.

Toshkentdagi mavjud texnoparklarning birida ishlab chiqarishga ortiqcha joy qolmagan, shuning uchun ham yangi texnoparklarni qurish bilan bir qatorda eskilarini kengaytirish ham rejalashtirilmoqda.

Texnoparklar hududida ekspozitsion majmualar yaratilib, u yerda korxonalar o‘z mahsulotlarini namoyish qilish imkoniga ega bo‘lishadi. Keyinchalik respublikaning boshqa mintaqalarida ham texnoparklar qurilishi amalga oshiriladi.

Manba: Kun.uz