Ukrainlar va ruslarning do‘stlik sayti ochildi

Ukrainlar va ruslarning do‘stlik sayti ochildi

Yangi ochilgan ushbu saytda rus va ukrainlar bir-birlariga iliq so‘zlar yozib qoldirishadi.

Bosh sahifadagi eslatmaga ko‘ra saytdan maqsad “davlatlar orasida har nima bo‘lib o‘tganiga qaramasdan ikki mamlakat fuqarolari orasida muloqotni yo‘lga qo‘yishdir”. Ayblov ohangidagi va siyosiy tusdagi (siyosatchilar nomi ham) xabarlar nashr qilinmaydi.

Saytda qayddan o‘tish shart emas. Izhor qoldirish uchun ism va yashash joyi nomini qoldirish kifoya. Sayt bosh sahifasiga “Siyosat yetar! OAV tinglash yetar! Ijtimoiy tarmoqlardagi gina-kuduratlarni o‘qish yetar! Ruslar va ukrainlar birodardir!” deb yozilgan.

Loyiha mualliflari ko‘rsatilmagan. Tashabbus, aftidan, tijoriy emas. Loyihani qo‘llab-quvvatlashni istovchilar tegishli bo‘lim orqali xayriya qilishlari mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.