O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri virtual qabulxona ochdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri virtual qabulxona ochdi

2016 yilning 10 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sahifasida virtual qabulxona faoliyat yurita boshladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda, deb Kun.uz yozmoqda.

“Dunyoning barcha mintaqalaridan jismoniy va yuridik shaxslar kunu tun o‘z savol, ariza, shikoyat va takliflari bilan bevosita Tashqi ishlar vaziriga murojaat etishlari mumkin”, deyiladi xabarda.

Murojaatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri veb-sahifa yoki +998 71-233 28-28 ishonch telefoni orqali yo‘llash imkoniyati mavjud.