“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisining virtual qabulxonasi ochildi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisining virtual qabulxonasi ochildi

O‘zbekiston fuqarolari mamlakatdagi bir qator davlat va jamoat tashkilotlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lib bormoqda. Ko‘plab tashkilotlar qatori “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisining virtual  qabulxonasi ham ish boshladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar bank faoliyati yuzasidan hal etilmagan muammo, ariza, shikoyat va takliflar bilan qulay va zamonaviy usulda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisining virtual  qabulxonasiga elektron tarzda murojaat yuborishlari mumkin.

Xususan, 28 oktyabr kunidan boshlab bankning rasmiy “Uzpsb.uz” veb-saytida hamda “[email protected]” elektron manzilida o‘zbek va rus tillarida Bank Boshqaruv raisining virtual qabulxonasi tashkil etildi.

Bundab tashqari, bankning 120-45-01 raqamli “Ishonch telefoni” orqali og‘zaki murojaatlar qabul qilinadi. Shuningdek, mijozlarning bank faoliyatiga oid turli savollari bo‘yicha tunu kun ishlaydigan 200-43-43 raqamli “Call markaz”i ham faoliyat yuritmoqda.

Bank Boshqaruv raisining virtual qabulxonasiga yuborilayotgan barcha murojaatlar kelib tushgan zahoti ijro uchun qabul qilinib, amaldagi qonun hujjatlari talablari asosida ko‘rib chiqilishi va murojaat muallifiga javob xati yuborilishini shaxsan Boshqaruv Raisining o‘zi nazorat ostiga olgan.

Mijozlarning murojaatlari qisqa muddatda va sifatli ko‘rib chiqilishi bank tomonidan kafolatlanadi.

Bank kotibiyati bergan ma’lumotga ko‘ra, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisining virtual  qabulxonasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 oktyabrdagi “Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shahar va tumanlari hokimlarining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini so‘zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to‘g‘risida”gi 366-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!