Vashingtondagi robot texnikalari bo‘yicha tanlovda O‘zbekiston jamoasi ishtirok etdi

Vashingtondagi robot texnikalari bo‘yicha tanlovda O‘zbekiston jamoasi ishtirok etdi

First Global — 15 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan dunyo robot yaratuvchilari uchun tanlovdir. Tanlovda ishtirok etgan mamlakatlar soni 163taga yetdi, deb yozmoqda Kommersant.uz.

Ishtirokchilarning yetib borishi va joylashishi tashkilotchilar tomonidan moliyalashrtirildi.
First Global asoschisi — amerikalik tadbirkor, ihtirochi va filantrop Din Keymen hisoblanadi. O‘z vaqtida u segvey(ikki g‘ildirakli xaydash moslamasi), insulin uchun avtoshprits va iBot giroskoplariga ega nogironlar aravachasini ihtiro qilgan.

RoboKidz jamoasi va First Global asoschisi Din Keymen(foto)

First Globalning asosiy g‘oyasi — yosh robotchi avlodga robotlarning global muammolar yechimini topishdagi rolini tushintirishdir.

Tanlov vazifalari ekologiya sohasidagi o‘tkir muammolarni yechishga qaratilgan bo‘lib, chiqindi suvlarini tozalash jarayoni sun’iylashtirildi. Vazifaga ko‘ra, jamoalar robotlar yordamida to‘q sariq sharlarni ko‘klaridan ajratib, mahsus konteynerlarga joylashtirishi lozim edi. Ko‘k sharlar toza suvni anglatsa, sariqlari ifloslangan suvni anglatadi.

Har bir o‘yinda uchta jamoa ikki bosqichda bellashdi — turli mamlakat vakillarri tasodifiy tartibda jamoalarga birlashgan. Shu tariqa har bir jamoa oltita o‘yinda ishtirok etdi.

O‘zbekiston vakili RoboKidz jamoasi g‘alabalar sonini 6ta o‘yindan 5tagacha yetkazib, 21chi o‘rinni egalladi, umumiy jamoalar hisobida esa 99chi o‘rinni egallagan.

RoboKidz tarkibiga 15 yoshli Lev Polyakov va Sorin Lipkanu, shuningdek Toshkentdagi MGU filiali bitiruvchisi hamda O‘zbekistondagi ilk robot texnikasi maktabi o‘qituvchisi, murabbiy Jaxongir Kamolov kirdi.

— First Global vakillari Nyu-Delida bo‘lgan Umumjahon robot texnikasi olimpiadasida ishtirokimizdan so‘ng, biz bilan bog‘lanib tanlovga taklif etdi. Toshkentga qaytganimizdan so‘ng, biz jamoa tuzib tayyorgarlikni boshladik, — deydi RoboKidz Education hamasoschisi Timur Azamatov, — bunaqa miqyosdagi tanlovda ishtirok etish milliy tashkilotchilar uchun ham, bolalr uchun ham qimmatli tajribadir. Texnik qismdan tashqari (robotlar to‘liq ishtirokchilar tomonidan yaratildi) First Global netvorkingni “yuklab olishga” imkon beradi: robot texnikasiga qiziquvchi butun dunyo yoshlari bir biri bilan tanishib, keng miqyosdagi aloqalarga ega bo‘ldi. Jumladan biz Markaziy Osiyoning boshqa bolalari bilan tanishib oldik va kutilayotgan ICT Week xaftaligi doirasida robot texnikasi bo‘yicha mintaqaviy bellashuvni o‘tkazmoqchimiz. Bu to‘g‘risidagi tashkiliy masalarni yaqinda Fan va texnologiya agentligiga direktor etib tayinlangan Olimjon To‘ychiyev bilan muhokama qilayapmiz.

First Globalda 800da ortiq odam ishtirok etdi. Bellashuvdan tashqari ma’ruza va master-klasslar tashkil etildi. Shu tariqa ishtirokchilar Jahon banki direktori Djim Yon Kimni tinglab, Din Keymen va First Global rahbari, hamda o‘tmishda AQSh Harbiy dengiz floti admirali Djo Sestak bilan tanishdi.