Xenium X818 – Philips’dan yangi flagman smartfon

Xenium X818 – Philips’dan yangi flagman smartfon

Philips kompaniyasi o‘zining yangi flagman modeli – Xenium X818 smartfonini taqdim etdi. Qurilma yupqa metall korpusga ega bo‘lib, sig‘imi 3900 mA/st bo‘lgan batareyadan quvvatlanadi

Smartfon maxsus Philips interfeysidagi Android 6.0 Marshmallow versiyasida ishlaydi. Gadjetga 5,5 dyuymli Full HD aniqligidagi IPS ekran o‘rnatilgan bo‘lib, ekran shishasi to‘rtinchi avlod Gorilla Glass texnologiyasi bilan himoyalangan. Ekranga tatbiq etilgan SoftBlue texnologiyasi ko‘z uchun zararli bo‘lgan ko‘k nurlarni sezilarli darajada kamaytiradi.

5P3Rt1ACb7X6LdSZCuigrTL8xZ2qRj5P3Rt9QaXjWb3WGz0z26liQrnoIakwW7

Xenium X818 takt chastotasi 2,0 GGs bo‘lgan MediaTek Helio P10 protsessori yordamida ishlaydi, unga 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Avtofokus va qo‘sh chaqnoqli asosiy kameraning aniqligi – 16 MP, old kameraniki esa 8 MPni tashkil etadi. Home tugmasiga barmoq izi skaneri qo‘llangan.

Flagman 2 ta SIM-karta ishiga mo‘ljallangan, unga 128 GBgacha bo‘lgan microSD-karta joylash mumkin.

Philips Xenium X818 shu oyda sotuvga chiqariladi, narxi 400 dollar atrofida bo‘lishi ma’lum qilingan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!