Xitoylik yigit butilka shishasidan ajoyib uzuk ko‘zini yasadi

Xitoylik yigit butilka shishasidan ajoyib uzuk ko‘zini yasadi

Sevgilisiga turmushga chiqishni taklif qilmoqchi bo‘lgan xitoylik yigit uzuk uchun butilka shishasidan ajoyib ko‘z yasadi. Uzukning ko‘ziga qarab ushbu jozibador gavhar oddiy butilka shishasidan ishlanganiga ishonging kelmaydi. Yigit bu bilan qimmatbaholik va qadr faqatgina zargarlar tomonidan yaratilgan buyumlardagina emas, balki mehr bilan ishlangan oddiy buyumlarda ham mavjudligini isbotladi. Ayniqsa, bunday sovg‘a buyumlari suygan insoning qo‘li bilan yasalgan bo‘lsa.

Gemstone-by-beer-bottle4

Ba’zi xabarlarga ko‘ra, yigit Shanxay moda va muhandislik universitetida tahsil oladi. U uzuk ko‘zini oddiy yashil butilka shishasining quyi qismidan yasagan. Rasmda ko‘rinib turganidek, bu o‘ylaganimizdek, oddiy jarayon emas. Bunday materialdan jozibali uzuk ko‘zini hosil qilish uchun mahorat, sabr va kuchli e’tibor kerak. Shuningdek, yigit ushbu ko‘zni yasashda geometriya va optika qoidalaridan samarali foydalangan. Natijada teng shakllarga ega bo‘lgan ko‘z yorug‘likni bir xil miqdorda qaytaradigan bo‘lgan.

Gemstone-by-beer-bottle3

Bunday mahorat va g‘oyadan ta’sirlangan Xitoy ijtimoiy tarmoqlari foydalanuvchilari yasalgan uzuk ko‘zi aks etgan tasvirni 10 000 martadan ko‘proq ulashishgan.

Gemstone-by-beer-bottle6

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!