Yecup 365 krujkasi ichimlikni sovutishi yoki isitishi mumkin

Yecup 365 krujkasi ichimlikni sovutishi yoki isitishi mumkin

Kraudfanding platformalarida deyarli har kuni qiziqarli loyihalar paydo bo‘lmoqda. Biroq turli sabablarga ko‘ra ularning ayrimlarigina muvaffaqiyat qozonmoqda. Yecup 365 krujkasi ishlab chiqaruvchilari ham qisqa muddatda omma e’tiborini jalb qila olishdi. Ular bor-yo‘g‘i bir hafta ichida dastlab rejalashtirilgan mablag‘dan uch barobar ko‘p pul jamg‘arishdi. “Aqlli” gadjet nafaqat ichidagi ichimlikning haroratini bir me’yorda saqlay oladi, balki uni foydalanuvchi istagiga ko‘ra qizdirishi yoki muzlatishi ham mumkin.

Yecup 365 ichiga suyuqlikni faol sovutish uchun ventilyator va 10 000 mAsoat hajmli akkumulyator joylashtirilgan. Harorat diapazoni esa —10 °C dan 70 °C gachani tashkil etadi. Aniq haroratni Android va iOS uchun ishlab chiqilgan mobil ilova orqali belgilash mumkin, shuningdek, krujkaga ham muayyan rejimni tanlash imkoniyati o‘rnatilishi ko‘rib chiqilmoqda.

Loyiha mualliflarining tasdiqlashlaricha, gadjetning batareyasi 3-8 soat davomida avtonom ishlashga mo‘ljallangan. Bundan tashqari, krujka yordamida smartfonni quvvatlash ham mumkin.

Ishga tushirilgan kampaniya doirasida Yecup 365 ning 354 va 414 ml suyuqlik sig‘imiga ega talqinlari taklif etilmoqda. Alohida holatda simsiz quvvatlash (tez orada alohida sotish boshlanadi) jamlanmasi ham taqdim etiladi. Biroq uning akkumulyatorni quvvatlashga ketadigan vaqtni odatdagi 2,5 soatdan 5 soatga qadar uzaytirishini hisobga olish darkor. Krujka qobig‘i (korpusi) zanglamaydigan temirdan yasalgan, unda rejimlar indikatori (qizdirish, sovutish va quvvatlash uchun) mavjud.

Yecup 365 narxi 109 dollardan boshlanadi. Uning ayrim talqinlari savdosi boshlanib ham ulgurdi. Loyiha kraudfandingda mablag‘ to‘plashda davom etib, sekin-astalik bilan 100 ming dollarlik ko‘rsatkichga yaqinlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Indiegogo kraudfanding saytida suv ostida hech qanday qo‘shimcha uskunalarsiz nafas olishga yordam beradigan Triton sun’iy jabralari paydo bo‘lgan edi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.