1 dekabr – magnitofon ixtiro qilingan sana

1 dekabr – magnitofon ixtiro qilingan sana

1898 yilning 1 dekabr sanasida jahondagi birinchi magnitofon patentlanadi. Qurilma daniyalik muhandis Voldemar Poulsen tomonidan ishlab chiqilgan edi. Muhandis o‘zi yaratgan apparatni avvalida telegrafon deb ataydi. Ovoz magnit maydoni orqali magnitlangan ingichka po‘lat simga yozilgan. Qurilma ilk marotaba 1900 yilda Parijda o‘tkazilgan Butunjahon ko‘rgazmada namoyish etiladi va ko‘pchilikning diqqatini jalb qiladi.

462366

Ko‘rgazma vaqtida Avstriya imperatori Frans-Iosif telegrafon oldiga kelib, bir necha so‘zlarni talaffuz qiladi va ushbu so‘zlar magnitofonga yozilgan tarixdagi ilk yozuvlarga aylanadi. Eng qizig‘i, mazkur yozuv haligacha saqlanib kelinmoqda. 1928 yilda rus ixtirochisi Aleksandr Shorin ovozni yozish va ijro ettirishga mo‘ljallangan telegrafonga o‘xshash qurilmani patentlaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!