1 oyda 1 million dona sotilgan yana bir xitoylik bestseller!

1 oyda 1 million dona sotilgan yana bir xitoylik bestseller!

Huawei kompaniyasi 2017 yilning 29 noyabrida Honor V10 smartfonini rasman namoyish qilgan edi. Unga Huawei’ning «sun’iy idrokli» Kirin 970 protsessori o‘rnatilgani smartfondagi ulkan innovatsiya bo‘ldi. Aytish kerakki, kompaniyaning so‘nggi flagmanlari, jumladan, Mate 10 Pro modeli ham shu protsessor bazasida ishlaydi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, smartfon sotuvga chiqqanidan boshlab o‘tgan 1 oy davomida jahon miqyosida 1 million tirajda sotilgan. Bu Huawei subbrendi uchun yaxshi natija.

Honor V10 diagonali 5,99 dyuym, sig‘imi 2160x1080 pikselli displeyga, 6,97 millimetrli metall korpusga ega bo‘lgan. Ekranning yon tomonlari romsiz bo‘lsa-da, uning tepa va pastki qismlarida rom mavjud. Huawei ayni shu yupqagina pastki romda «Uyga» mexanik tugmasi hamda unda barmoq izi skanerini joylashtira olgan.

Devays tezkor va ichki xotirasining hajmiga ko‘ra bir nechta versiyada taqdim etilgan: 4/64 GB, 6/64 GB va 6/128 GB.

Bosh kamerasi qo‘sh – 16 megapikselli RGB-sensor hamda 20 megapikselli monoxrom sensorlardan iborat. Smartfonning «sun’iy idrok» tizimi kameraning eng maqbul sozlamalarini avtomatik tarzda o‘rnatib, lavhalar va ob’yektlarni tezkorlik bilan farqlay biladi. Selfi uchun esa 13 megapikselli kamera ajratilgan bo‘lib, u ham portretlar uchun «sun’iy idrok» tizimi bilan to‘ldirilgan.

Akkumulyator sig‘imi ham zo‘r – 3750 mA/soat bo‘lib, unga 5V/4.5A tezkor quvvatlash texnologiyasi tatbiq etilgan. Smartfon ikkita SIM-karta bilan ishlay oladi, tag‘in ularning har ikkalasi ham 4G VoLTE texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Honor V10 qiymati esa xotira hajmiga bog‘liq: 4/64 GBlik versiyasi 409 dollar, 6/64 GBlik talqini – 454 dollar, 6/128 GB versiyasi esa – 530 dollarga narxlangan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!