1 yanvardan «Qo‘riqlash Servis» joriy qilinadi va xonadonlarda qo‘riqlash vositalari o‘rnatiladi

1 yanvardan «Qo‘riqlash Servis» joriy qilinadi va xonadonlarda qo‘riqlash vositalari o‘rnatiladi

2022 yil 31 dekabrga qadar respublikaning barcha hududlarida markazlashgan kuzatuvning avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Prezident “Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qo‘riqlanishini ta’minlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hujjatni imzoladi. Bu haqda lex.uz ma’lum qildi.

Qarorga ko‘ra:

  • huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi qurashish tizimiga «Xavfsiz xonadon» konsepsiyasi joriy etiladi;
  • 2022 yil 31 dekabrga qadar respublikaning barcha hududlarida markazlashgan kuzatuvning avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi;
  • IIV Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tarkibida asosiy faoliyat yo‘nalishi ko‘riqlov texnik vositalari va tizimlarini montaj qilish, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘lgan «Qo‘riqlash Servis» DUK tashkil etiladi.

2019 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslarning uy-joylari va xonadonlariga foydalanish uchun beriladigan ko‘riqlov texnik vositalarini o‘rnatish va bepul texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish ichki ishlar organlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

O‘QING: Valyuta ayirboshlash shoxobchasi endilikda video kuzatuv kameralari bilan ham jihozlanadi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!