10 ta omadsiz loyiha: hammasi Google’dan

  •   Saroy
  •  961
  •  19.10.2018 16:18

10 ta omadsiz loyiha: hammasi Google’dan

Google o‘zining 20 yillik faoliyati davomida ko‘plab loyihalarni ishga tushirib keyin yopishga majbur bo‘lgan.   Google+ ijtimoiy tarmog‘i yopilgandan keyin kompaniyaning foydalanuvchilar didiga o‘tirmagan yana 10 ta mahsuloti esga olindi. Mana ular:

Google Buzz

Google Buzz Google+’dan avvalgisi edi va u  Gmail pochta   xizmatiga o‘rnatilgan ijtimoiy tarmoq sifatida taqdim etilgandi. Birinchi  Buzz’ga  2010 yilda start berildi, u Facebook ijtimoiy tarmog‘iga raqobatchi sifatida ishga tushirilgan edi, chunki u paytda Google’ning o‘z ijtimoiy tarmog‘i yo‘q edi.

Google asoschilaridan biri Sergey Brinning ta’kidlashicha,  Buzz ish va vaqti chog‘liqni birlashtiradigan mahsulot bo‘lishi kerak edi

Ammo loyiha tanqid va hatto bir nechta mahkama da’volariga ham duch keldi, bunga foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoyalashdagi nuqsonlari sabab bo‘lgan. Natijada kompaniya Google Buzz’ning kamchiliklarini qidirib ham o‘tirmadi tuzatishga ham urunmadi, balki butun e’tiborni Google+ ijtimoiy tarmog‘iga qaratish maqsadida 2011 yilda uni yopib qo‘ya qoldi. Biroq Google+’ning ham faoliyati uzoq cho‘zilmadi — rahbariyat ushbu platformani rivojlantirishdan bosh tortdi va yetti yil o‘tgandan keyin uni yopdi.

Google Answers

Google Answers savol-javob servisi  2002 yildan 2006 gacha davom etdi. U “erinchoqlar” uchun qidiruv tizimi sifatida ishga tushirilgan edi. Foydalanuvchi  javoblarni varaqlab o‘tirmay,   savolni boshqa birovga pul evaziga qoldirishi mumkin edi.

Shu bilan birga, Google’ning o‘zi ham buyurtmachi bilan ijrochi o‘rtasidagi kelishuvdan foiz olardi.

Rahbariyatning fikricha, Google Answers o‘zini ishlatib bo‘ldi, chunki internetda shunga o‘xshash ko‘plab servislar paydo bo‘ldi. Bu yerda odamlar o‘zi mustaqil ravishda kontent yaratishi mumkin edi. Shu bois “javoblar”ga bo‘lgan zaruriyat kun tartibidan chiqdi. Ayni paytda yangi savollarni berish mumkin emas, biroq ma’lumotlar bazasi hali ham omma uchun ochiq.

Google Wave

Google Wave 2010 yilda mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tish uchun yaratilgandi. Ushbu loyiha do‘stlar bilan kommunikatsiyani birlashtiradigan va elektron pochta va hujjatlarni brauzer ichida birgalikda tahrir qilishni ko‘zda tutardi. Bunday keng ixtisoslashuv foydalanuvchilarning ko‘nglidan chiqmadi, shu bois  Google Wave yetarlicha tarqalmadi va o‘z faoliyatining birinchi yilidanoq yopilib ketdi.

Google Video

Google videoservisi  2005 yilda mediaroliklar bo‘yicha tez qidiruv uchun ishga tushirilgan edi. Bundan tashqari, Google Video’da foydalanuvchilar o‘zining shaxsiy roliklarini joylashtirishi, shuningdek mavjud formatdagi roliklarni yuklab olishlari mumkin edi.

Kim agar, Google tarixini yaxshi eslasa, keyin nima bo‘lganini anglay olishi kerak — 2006 yil oktyabrda kompaniya  dunyodagi eng ommabop videxostinglardan biri  bo‘lan YouTube servisini 1,65 milliard dollarga sotib oladi. Shunga qaramay, Google Video YouTube bilan birgalikda to 2012 yilgacha faoliyat ko‘rsatdi. Shundan keyin, kompaniya barcha kontentlarini bir servisdan boshqasiga o‘tkazdi va loyiha bilan abadiy xayrlashdi.

Google Reader

Agar Google’ning barcha loyihalari ommaviylashmagani sababli yopilgan bo‘lsa, Google Reader RSS-agregatorining “o‘limi” foydalanuvchilarning haqiqiy qayg‘usiga sabab bo‘ldi. Reader yetti yil faoliyat olib bordi, u foydalanuvchilarga maqolalar bilan yangiliklarni  saytlar va bloglardan yagona lentada ko‘rish imkoniyatini berardi.

O‘QING:“Bilayn” va Vector yosh tadbirkorlarni o‘z g‘oyalarini loyihalarga aylantirishni o‘rgatishadi

Ushbu loyihaning yopilayotgani haqida gap-so‘z tarqalgandan keyin, Google Reader’ning minglab ishqibozlari “mutoalani” qaytarishni so‘rab,  hatto elektron noroziliklarni ham boshlab yubordi. Google Reader loyihasining yopilishiga sabablarning biri, kompaniya rahbariyatining maxsus uyushtirgan rejasi bo‘lgan, ya’ni ular Google Reader auditoriyasini Google+’ga jalb qilmoqchi bo‘lgan.

Lively

Google Lively virtual dunyosi 2008 yilda ishga tushirilgan edi va o‘zida veb-xonalarni ifoda etardi. Unda  3D-avatarlarda haqiqiy odamlar bir biri bilan gaplasha olardi. Lively ikkita brauzerda ishladi. Birinchisi, Internet Explorer, ikkinchisi Mozilla Firefox, shuningdek Flash’ni ham o‘rnatishni talab etardi.

Bitta xonaga 20 kishigacha sig‘ardi va ular umumiy chatda so‘zlashardi. Biroq loyiha shu yilning o‘zidayoq, o‘z vaqtini o‘tab bo‘lgandi. Ehtimol, VR-shlemlarni joriy etganda va grafika yaxshilanganda  Lively o‘z muxlislarini topgan bo‘larmidi, biroq, o‘sha yilning o‘zidayoq loyiha yopildi. Qolaversa, Google virtual dunyoga unchalik ham ruju qo‘ymadi, shu bois 3D-chatini bekor qilishi kompaniya faoliyatiga ta’sir ham qilmadi.

Google Health

2008 yildan Google foydalanuvchilarining jismoniy sog‘lig‘i haqida qayg‘ura boshladi va Google Health servisini ishga tushirdi. U amalda tibbiyot sohasidagi ma’lumotlarni saqlaydigan arxivga aylanishi kerak edi. Unda foydalanuvchilar o‘zlarining kasallik tarixini boshqa foydalanuvchilar bilan baham ko‘rishi, shuningdek vrach maslahatini olishni ko‘zda tutar edi.

O‘QING:Injenerlarning kelajakka oid aqlga sig‘mas loyihalari (video)

Google Health foydalanuvchilarning shaxsiy tibbiy kartasi vazifasini bajarishi kerak edi hamda o‘zida barcha so‘nggi tadqiqotlar va tahlillarni saqlashi kerak edi. 2012 yilda loyiha kutilmaganda yopildi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, loyiha “umid”ni oqlamagan.

Dodgeball

2005 yilda  Google Dodgeball servisini uning asoschilari Dennis Kroul va  Aleks Raynertlar bilan qo‘shib sotib oldi. Ushbu servis alohida bir hududda chekin uchun mo‘ljallangan bo‘lib, foydalanuvchilar o‘rtoqlari va tanish-bilishlariga o‘zining qayerdaligini ma’lum qilsa bo‘lardi.

Ehtimol Dodgeball global muvaffaqiyatga erishishi mumkin edi, ammo ikki yil o‘tgandan keyin Krouli rahbariyat bilan janjallashib qolib, Google’ni tark etdi.

Sal keyinroq u shunga o‘xshash servis –  Foursquare’ni yaratdi. Ushbu servis boshda ancha mashhur bo‘lgandi.

Google Dodgeball bazasida xuddi shuning muqobili bo‘lgan Google Latitude platformasini ishlab chiqdi. 2013 yilda loyiha yopildi.

O‘QING:«Startap-haftaliklar» kollej va OTMlar bitiruvchilarining eng yaxshi loyihalarini aniqlaydi

iGoogle

atamada «i» harfi borligi bilan, iGoogle’ning  Apple mahsulotlariga umuman aloqasi yo‘q. Bu maxsus servis bo‘lib, boshlang‘ich sahifaga turli vidjetlarni va yangiliklar lentasini qo‘shib personallashtirishga imkon berar.

2013 yilda Google ushbu loyihadan ham voz kechishga qaror qildi, chunki vidjetlarning o‘rniga ichida Chrome brauzeri bo‘lgan ilovalar va Android mobil operatsion tizimi keldi.

O‘QING:Tahlil: jahon iqtisodiyoti taqdiri IT-loyihalar izmiga o‘tmoqda

Google Notebook

Google Notebook foydalanuvchilarga internet-qidiruv doirasida belgilash va yozib olish, matnni yig‘ish, havola va fotografiyalar qilishga imkoniyat yaratardi. Ushbu yon daftarchani saqlash va undagi ma’lumotlarni boshqa foydalanuvchi bilan baham ko‘rish mumkin edi.

2012 yilga kelib, Notebook o‘z vazifasini bajarib bo‘ldi, deyildi va uning o‘rniga yanada zamonaviy Google Docs paydo bo‘ldi. U veb-brauzer doirasida faoliyat ko‘rsatadi.

O‘QING:IUT talabalarining loyihalari eng zo‘rlar qatoridan o‘rin oldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!