10 terabaytli qattiq disk yaratildi

10 terabaytli qattiq disk yaratildi

Ulkan sig‘imli qattiq diskni amerikaning Western Digital kompaniyasi ishlab chiqardi. Kompaniya WD HGST Ultrastar HE10 modelini chiqargach, raqobatchisi Seagatedan 25 foizga oldinlab ketdi. O‘tgan yilning eng katta hajmli diski 8 TBayt edi.

Geliy bilan to‘ldirilgan WD HGST Ultrastar HE10 ikki million soat ishlaydi. Bu qattiq diskdan 220 yil to‘xtovsiz foydalanish mumkin, degani. Seagate diski muddati esa ikki barobat kam – 1,2 million soat edi. Inson umriga taqqoslasak bu ham yomon ko‘rsatkich emas.

Western Digital kompaniyasining yangi diski mahsulotlar bo‘g‘inidagi (lineyka produktov, product line) eng unumdori ham sanaladi. Yangi model 6 Tbaytli modelga qaraganda faol holatda 44 foiz, kutish holatida 23 foiz kam energiya sarflaydi.

Seagatening 8 Tbaytli diski arxiv versiyasi 229 dollar, faol ishlovchi versiyasi esa o‘rtacha ikki barobar qimmat turadi. WD HGST Ultrastar HE10 bahosi hozircha oshkor etilmadi, ammo yuqoridagi narxga yaqin bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.