10 yadroli protsessorga ega ilk smartfon – Zopo Speed8 savdoga chiqarildi

10 yadroli protsessorga ega ilk smartfon – Zopo Speed8 savdoga chiqarildi

Zopo Speed 8 smartfonini MWC 2016 jahon mobil kongressining mo‘’jizalaridan biri, desak bo‘ladi. Boisi 24 fevral kuni taqdim etilgan ushbu mobil aloqa vositasi 10 yadroli protsessorga ega ilk smartfondir. Mart oyidan boshlab ushbu gadjetga oldindan buyurtma berish mumkin bo‘lgan edi.

Ammo Zopo flagmani shu kungacha axborot texnologiyalari qurilmalarini ichki imkoniyatlarini baholovchi dasturlarning sinovidan o‘tmagan edi. Yaqindagina internet nashrlarida Zopo Speed 8’ning AnTuTu benchmarkidan o‘tkazilgani haqida norasmiy xabarlar tarqaldi.

Sinov natijalariga ko‘ra, Helio X20 rusumidagi protsessor o‘z nomini oqlab, boshqa raqiblaridan ancha ustun ekanini isbot qila olgan. Zopo Speed 8 91 464 ball to‘plab, o‘zining kuchli smartfon ekanini ko‘rsata olgan. Mazkur ball bilan u baholash dasturining rasmiy reytingida 4-o‘rinni egallagan.

Samsung va Qualcomm mahsulotlari misolidagi raqobatchilar yuqori va o‘rta darajadagi flagmanlarning jihatlarini o‘zaro omuxtalashtirganliklari uchun Zopo Speed 8’dan ba’zi ustun jihatlari bo‘lishi mumkin.

Helio X20 protsessori nafaqat tezkor faoliyat, balki qurilma quvvatini tejashda ham innovatsion qurilmadir.

Zopo Speed 8 “aqlli telefoni” 5,5 dyuymli, 1920 x 1080 piksel sig‘imli IPS turidagi FullHD-displey, 10 yadroli MediaTek Helio X20 protsessori, 4 GB tezkor xotira va 32 GB doimiy ichki xotira, 21 megapikselli Sony IMX230 sensorli bosh hamda 8 Mp old kameraga ega.

Qurilmada 2 ta SIM-karta uchun bo‘lmacha mavjud. Uning akkumulyator batareyasining sig‘imi 3,500 mA soat. Smartfon Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.

Shuningdek, mobil aloqa vositasida NFC masofali aloqa qilish texnologiyasi, barmoq izlari skaneri, tezkor quvvatlash texnolgiyasi joriy qilingan universal USB Type-C konnektori mavjud.

22 mart kuni kompaniya Zopo Speed 8 smartfonining bahosi $299,99 AQSh dollari ekani, unga 28 martdan 28 aprelga qadar avvaldan buyurtma bergan xaridorlarga  20 dollarlik chegirma joriy qilinishini ma’lum qilgan edi. Smartfon kecha – 28 apreldan savdo peshtaxtalarini “zabt etdi”.

Xitoyning Zopo Mobile kompaniyasiga 2012 yilda asos solingan. Kompaniyaning 2015 yildan boshlab ishlab chiqarayotgan yuqori sifatli smartfonlari ayni kunda Yevropa, Osiyo, Afrika, Amerika bozorlarida ommalashib bormoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.