10ta davlatdagi eng ulkan ma’lumot markazlari

10ta davlatdagi eng ulkan  ma’lumot markazlari

Ma’lumotlar markazi (ing. data center) yoki ombori deb ataladigan binoda xosting joylashadi. Markazda ma’lumotlar saqlanadi, ishlov beriladi va tarqatiladi. Asosan 1995-2000 yillar orasida bunday markazlarni qurish avj olgan. Quyida jahonning 10 mamlakatida joylashgan eng yirik ma’lumotlar omborlarini ko‘rib chiqamiz.

  1. AQSh

Bulutli va boshqa turdagi markazlarning 44 foizi Qo‘shma Shtatlarda joylashgan. Qolgan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 10 foizga ham bormaydi. Demak xosting masalasida AQSh dunyoda yetakchidir. Yirik ma’lumotlar markazlari Shimoliy Karolina, Finiks, Sirakyus va boshqa shaharlarida joylashgan.

  1. Xitoy

Osmon osti imperiyasida jamiki markazlarning taxminan 10 foizi joylashgan. Mutaxassislar kelajakda MMlar qurish bo‘yicha AQSh va Xitoy musobaqalashuvini karomat qilishmoqda. Xitoy MMlari orasida Digital Beiijing alohida ajralib turadi, bu 2008 yilgi Olimpiadaga atab qurilgan. Markaz bir yo‘la ham axborot markazi ham texnik boshqaruv markazi vazifasini o‘taydi.

  1. Avstraliya

Yashil qit’aning MMlaridan birida superkompyuter joylashgan bo‘lib, bir soniyada bir necha yuz ming operatsiya bajara oladi. binodagi antenna 300 km radiusdagi signalni tuta oladi. Bunday ko‘lamdagi loyihani amalga oshirishga Avstraliya 20 mlrd dollar sarflagan.

  1. Buyuk Britaniya

Angliyadagi MM qurilishida tabiiy resurslardan foydalanilgan. Hewlett-Packard MMda dengiz shamolidan elektr energiyasi olinadi. Tabiiy namlovchi sifatida esa yomg‘irdan foydalaniladi. Markazda kondensatsiya tizimi yo‘q, chunki Angliya iqlimi o‘zi salqin.

  1. Yaponiya

Kunchiqar yurtning Tokio, Osaka, Xirosima, Senday va boshqa shaharlarida 9ta MM joylashgan. O‘rtacha bir MM qurilishiga 70 mln iyen atrofida mablag‘ sarflanmoqda.

  1. Singapur

Bu mamlakat o‘zi kichkina bo‘lsa-da kattakon MMlar bor va ular xalqaro talablarga to‘la javob beradi.

  1. Niderlandiya

Gollandlar ham boshqalardan ortda qolmaslik uchun o‘z hududida MMlar bunyod qilgan. Oxirgi markaz 2013 yilda qurib bitkazildi.

  1. Irlandiya

Britaniyaning qo‘shnisi so‘nggi yillarda faollik bilan MMlar qurmoqda. Irlandiya iqlimi MM texnologiyalariga munosib. Qolaversa, yirik internet-kompaniyalari Irlandiyada joylashgan. Jumladan, Google va Microsoftning MMlari bor. Facebook ham Irlandiyada MM ochish rejasini oshkor qildi. Irlandlarning IQ ko‘rsatkichi yuqoriligi bekorga emas!

  1. Germaniya

2008 yilda Frakfurtda o‘ziga xos MM qurildi. U dunyodagi tabiat uchun eng bezarar markaz deb ataldi, chunki tabiatga hech qanday zararli modda chiqarmaydi. Devorlari tamoman yashil o‘t bilan qoplangan – uddaburon nemislar shu yo‘l bilan yomg‘ir suvini to‘plashadi.

  1. Ispaniya

Malkala-de-Anares shahrida o‘nta futbol maydoniga teng joyni egallagan MM mavjud. U faqat ispanlargagina emas, angliyaliklar va nemislarga ham xizmat ko‘rsatadi. Inshoot bir necha moduldan tuzilgan bo‘lib, ularning energiya ta’minoti bir-biridan alohida.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!