125 milliard dollarlik loyiha: sayyohlar koinotga liftda olib chiqiladi

  •   Saroy
  •  1055
  •  06.09.2018 11:32

125 milliard dollarlik loyiha: sayyohlar koinotga liftda olib chiqiladi

Yaponiyaning  Obayashi kompaniyasi 2050 yilga kelib geostatsionar orbitaga odamlar va yuklarni jo‘natish uchun lift qurmoqchi.

Koinot lifti konsepsiyasini eng birinchi  XIX asrda Konstantin Siolkovskiy taklif qilgan edi. Ammo hozirgacha ushbu loyihani amalga oshirishga hech kim kirishmagandi. Yo‘qotilgan vaqt va imkoniyatni yapon muhandislari to‘g‘rilashga qaror qilishdi: yana 30 yildan keyin ular liftda birinchi sayyohni koinotga jo‘natmoqchi.

Kabina 36 000 kilometrlik balandlikka ko‘tariladi, ya’ni Yerning geostatsionar orbitasigacha. Konstruksiyaning umumiy balandigi 96 000 kilometr bo‘ladi. Bu masofa Oygacha bo‘lgan uzoqlikning qariyb to‘rtdan biridir. Lift troslari uglerodni nanotrubkalardan tayyorlanadi, kabina esa magnitli lineyli dvigatel bilan jihozlanadi.
Obayashi  katta loyihani  oz-ozdan amalga oshirmoqchi. 10 sentyabrda ular koinotga miniyo‘ldosh jo‘natadi, u orbitada o‘n metrlik uzunlikdagi tros bilan bog‘langan holicha ikki bo‘lakka bo‘linib ketadi. Ushbu tros ustida kichkinagina kabina harakat qiladi: uning balandligi atigi 6 santimetr, kengligi va uzunligi — 3. Shunday modellashtirilgan koinot lifti olimlarga haqiqiy kattalikdagi konstruksiyani qurganda qanday muammolar yuzaga kelishini to‘shinishga yordam beradi.  
Agar modellashtirish muvaffaqiyatli nihoyasiga yetsa, muhandislar haqiqiy kattalikdagi liftni qurishga kirishadilar.  Obayashi jami 6 tita lift qurishni rejalashtirmoqda. Yakuniy variantda lift kabinasi uzunligi 18 metr va diametri 7 metr bo‘ladi. Kabinaga 30 nafar sayyoh sig‘adi. Liftning orbitaga bir marta ko‘tarilishi qanchaga tushishi hozircha noma’lum, ammo ko‘rinib turibdiki, missiya arzon tushmaydi. O‘zingiz o‘ylang: loyihaning bahosi  — 10 trillionov yen, bu 125 milliard dollar degani.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!